4-bob. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddatlari 31. Davlat ekologik ekspertizasi:
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun — 20 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun — 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning III toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun — 10 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun 5 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatlarda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati ekspertiza uchun to‘lov amalga oshirilgan ish kunidan boshlab hisoblanadi.
(31-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son) Agar haq to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjati dam olish kunlari taqdim etilgan bo‘lsa, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati dam olish kunidan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati obyektning murakkabligiga qarab Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining buyrug‘iga muvofiq ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
5-bob. Davlat ekologik ekspertizasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari 32. Buyurtmachi:
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish;
qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish yuzasidan murojaat qilish;
ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi haqida ma’lumot olish huquqiga ega.
33. Buyurtmachi:
Oldingi tahrirga qarang. davlat ekologik ekspertizasi uchun materiallarni qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq taqdim etishi;
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda haq to‘lashi;
atrof muhitga ta’sirni baholash o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan barcha tadqiqotlarni moliyalashtirishni ta’minlashi;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlarining atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishi va mo‘ljallanayotgan faoliyatni muayyan hududda amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida jamoatchilik takliflarini har tomonlama o‘rganishni hamda ta’sir ko‘rsatishni baholashni o‘tkazish jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlashi;
mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari obyektlarining atrof muhitga ta’siri to‘g‘risidagi e’lonlar ommaviy axborot vositalarida berilishini tashkil etishi;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart.
34. Atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar:
buyurtmachi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda buyurtmachining manfaatlarini ifoda etish;
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalaridan maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar va mulohazalar taqdim etish huquqiga ega.
35. Atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar:
atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi mutaxassislar malakasini oshirishni ta’minlashi;
asoslovchi hujjatlarni tayyorlashda ekologiya sharoitlari va talablarini hisobga olishi;
ta’sir ko‘rsatishni baholashni o‘tkazishi lozim.
36. Davlat ekologik ekspertizasi eksperti:
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan axborot va materiallarni olish;
qonunchilik talablariga javob bermaydigan davlat ekologik ekspertizasiga taqdim qilingan materiallarni belgilangan tartibda rad etish;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga ilova qilinadigan, davlat ekologik ekspertizasi obyekti bo‘yicha alohida fikr bildirish huquqiga ega.
37. Davlat ekspertizasi eksperti:
davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilishi;
davlat ekologik ekspertizasi o‘z muddatida, har tomonlama, sifatli o‘tkazilishini va belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlashi;
davlat ekologik ekspertizasi obyekti bilan bog‘liq shaxsiy manfaatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini chetlatish to‘g‘risida o‘z rahbariga murojaat etishi;
davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan materiallarning to‘liq saqlanishini va davlat, harbiy, ichki va tijorat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarning oshkor qilinmasligini ta’minlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang. 38. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish ishtirokchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 39. Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalari ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan sifatli materiallar va loyihalarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur tashkilotlarning reytingi shakllantirilib, Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida ochiq joylashtirib boriladi.
Mazkur reyting har chorakda yangilanib boriladi.