Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə2/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-sentabr,
541-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining
ro‘yxati
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub (yuqori darajada xavfli) faoliyat turlari (*)
1. Respublika va xalqaro ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomagistrallar, metro, temir yo‘llar, tez harakatlanadigan katta yo‘llar, ko‘priklar va yuk terminallari.
2. Aeroportlar.
3. Atom stansiyalari, yadroviy reaktorli qurilmalar, atom sanoati chiqindilari va boshqa radioaktiv chiqindilarga ishlov berish yoki utilizatsiya qilish qurilmalari.
4. Neft va neft mahsulotlarini saqlash hajmi bo‘yicha I va II toifadagi bazalar.
5. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichlar.
6. Suv omborlari va to‘g‘onlar.
7. Kon-boyitish fabrikalari.
8. Maishiy chiqindi poligonlari (200 ming kishidan ortiq aholisi mavjud shaharlar va aholi punktlari uchun).
9. 30 MVt dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan gidroelektrostansiyalar.
10. Ruda va kimyoviy xomashyoni qazib olish konlari, qazib olishda hosil bo‘ladigan konlarni rekultivatsiya qilish ishlari.
11. Daryo va soy o‘zanlarini to‘planib qolgan noruda materiallardan tozalash va qazib olish ishlari.
12. Yoqilg‘i resurslarini (neft, gaz, ko‘mir va boshqalar) qidirish, razvedka qilish, qazib olish va quduqlarni jihozlash ishlari.
13. Qora va rangli metallurgiya zavodlari.
14. Teri-ko‘nchilik korxonalari.
15. Sutkalik ish hajmi 280 ming kub metrdan ortiq bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
16. Respublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalari.
17. Mashinasozlik sanoati (aviasozlik, vagonsozlik, avtomobil, traktor, motor ishlab chiqarish va boshqalar).
18. Zaharli chiqindilarni, shuningdek, shlam va shlaklarni to‘plash yoki ko‘mish poligonlari.
19. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan neft va gaz quvurlari, shuningdek, neft va gazni qayta ishlash korxonalari.
20. Yer osti gaz omborlari.
21. Yer ostida ishqor bilan yuvish poligonlari, shuningdek, zich holatda ishqor bilan yuvish texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar.
22. Xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
23. Akkumulyatorlar va uning elementlari, shuningdek, galvanik batareyalar ishlab chiqarish korxonalari.
24. Asbest va tarkibida asbest bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari.
25. Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish korxonalar.
26. Xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadigan, tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan asbob-uskunalar yoki qurilmalarni ishlab chiqarish korxonalari.
27. Radioaktiv moddalar (izotoplar) ishlab chiqarish, ularni ishlatish va saqlash (tibbiyot tizimi bundan mustasno) korxonalari.
28. Tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar hamda I va II xavflilik sinfga mansub birikmalar ishlab chiqarish korxonalari.
29. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari.
30. Sement ishlab chiqarish korxonalari.
31. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar omborxonalari.
32. 300 MVt yoki undan ortiq quvvatga ega bo‘lgan issiqlik, foto, shamol elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
33. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari bundan mustasno).
34. Kimyo komplekslari va zavodlari.

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin