Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga mansub (o‘rtacha darajada xavfli) faoliyat turlari (**)



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə3/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga mansub (o‘rtacha darajada xavfli) faoliyat turlari (**)
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari va ko‘priklar.
2. Aerodromlar.
3. Viloyatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan yer osti suvlarini olish inshootlari.
4. Maishiy chiqindi poligonlari (100 mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan aholi punktlari uchun).
5. Temir yo‘l depolari.
6. Keng tarqalgan foydali qazilmalarni izlash, qidirish va qazib olish ishlari.
7. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming kub metrgacha bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
8. Oziq-ovqat mahsulotlari, yog‘-moy va biologik qo‘shimchalar ishlab chiqarish komplekslari.
9. Rezina xomashyosi, mahsulotlari va buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ahamiyatga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalari.
11. Suv o‘tkazish quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq bo‘lgan magistral kanallar, daryolar va loyiha bo‘yicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 kub metrdan ortiq bo‘lgan kollektorlar.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan neft va gaz quvurlari.
13. Dambalar.
14. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalari.
15. Charmni bo‘yash va loklash korxonalari.
16. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qog‘ozni lok bilan kimyoviy to‘yintirish, shuningdek, ruberoid ishlab chiqarish hamda xavflilik darajasi III — V sinfga mansub zaharli kimyoviy moddalar va birikmalar ishlab chiqarish korxonalari.
17. Xavflilik darajasining III toifasiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
18. Qurilish sanoati korxonalari, asbest va sement ishlab chiqarish bundan mustasno.
19. Qog‘oz va karton ishlab chiqarish korxonalari.
20. Yog‘och-qipiq va yog‘och-tolali plitalar ishlab chiqarish korxonalari.
21. Optik tola ishlab chiqarish korxonalari.
22. Kosmetika preparatlari ishlab chiqarish korxonalari.
23. Ko‘mir kuli omborlari.
24. Bo‘yash va oqartirish sexlari bo‘lgan yigiruv va to‘quv fabrikalari.
25. Parrandachilik fabrikalari (shu jumladan, parrandani yetishtirish, so‘yish va mahsulotni qayta ishlash).
26. Radiotexnika sanoati va elektron sanoat.
27. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ahamiyatiga ega bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan, o‘g‘itlar omborxonalari va zaharli chiqindixonalarni rekultivatsiya qilish ishlari.
28. Neft va gaz konlarini seysmik jihatdan razvedka qilish (seysmik va elektr razvedkasi bundan mustasno) ishlari.
29. Issiqlik quvvati soatiga 100 MVtdan 300 MVtgacha bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa energetik yondirish qurilmalari.
30. Paxtani qayta ishlash korxonalari.
31. Bo‘yoqlar, shu jumladan, lok-bo‘yoq ishlab chiqarish korxonalari.
32. Biologik, radioaktiv va yonuvchi-portlovchi moddalar bilan ishlovchi markaziy laboratoriyalar (laboratoriya faoliyatida foydalaniladigan jihoz va uskunalar bundan mustasno).
33. Geofizik va geologik tadqiqotlarni seysmik va elektr razvedka qilish ishlari.

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin