Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning III toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlari (***) 1. Tuman va shahar (Toshkent shahri bundan mustasno) ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari va ko‘priklar.
2. Avtoparklar.
3. Avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari.
4. Neft va neft mahsulotlarini saqlash hajmi bo‘yicha III toifadagi bazalar.
5. Biogaz qurilmalari, biotexnologiyalardan foydalanuvchi (shu jumladan pillani qayta ishlovchi) korxonalar.
Oldingi tahrirga qarang. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan yer osti suvlarini chiqarish inshootlari.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/9/0007-son) 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichlar.
8. Tuman va shahar (Toshkent shahri bundan mustasno) ahamiyatiga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalari.
9. Tuman va shahar (Toshkent shahri bundan mustasno) ahamiyatiga ega bo‘lgan gaz quvurlari.
10. Quvvati 30 MVt va undan kam bo‘lgan gidroelektrostansiyalar.
11. Noruda foydali qazilmalarni qayta ishlash (foydali qazilma konlari bundan mustasno) korxonalari.
12. Chorvachilik komplekslari.
13. Idoraviy ahamiyatga ega bo‘lgan temir yo‘llar.
14. Hayvonotchilik xo‘jaliklari va pitomniklar (norka, andatra, shinshilla va boshqalar).
15. Sutkalik ish unumi 50 ming kub metrdan kam bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
16. Gilam ishlab chiqarish korxonlari.
17. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalari.
18. Xom g‘isht, shlakoblok, yo‘lka plitkalari va penobloklar ishlab chiqarish korxonalari.
19. Teriga ishlov berish korxonalari (oshlash va bo‘yash bundan mustasno).
20. Sekundiga 50 kub metrdan kam suv o‘tkazadigan magistral kanallar va har sekundda loyiha bo‘yicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam bo‘lgan kollektorlar.
21. Go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash va so‘yish (shu jumladan qushxonalar) korxonalari.
22. Mebel ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).
23. Un ishlab chiqarish korxonalari.
24. Korxona va tashkilotlarning neft mahsulotlari omborlari.
25. Aholisi 100 ming kishidan kam bo‘lgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.
26. Junni qayta ishlash korxonalari (shu jumladan sexlari).
27. Xavflilik darajasi IV va V sinfga mansub chiqindilarni qayta ishlash va (yoki) yoqish korxonalari.
28. Paxta tolasini qayta ishlash korxonalari.
29. Sutni qayta ishlash korxonalari (shu jumladan sexlari).
30. Yillik ishlab chiqarish hajmi 300 tonnadan kam bo‘lgan gazmol va qog‘ozni lok bilan kimyoviy to‘yintirish korxonalari.
31. Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallarini ishlab chiqarish, shuningdek, ohak, gips, shpaklevka va bo‘r ishlab chiqarish korxonalari (keramik plita va sanitariya texnik vositalar ishlab chiqarish bundan mustanso).
32. Rezinotexnika buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari.
33. Poyabzal ishlab chiqarish korxonalari.
34. Omixta yem ishlab chiqarish korxonalari.
35. Qattiq va suyuq sovun ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).
36. Salfetka, hojatxona kog‘ozi, tagliklar va gigiyenik vositalarni ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).
37. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu jumladan, yuvish va tozalash moddalarini ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).
38. Shishadan tarkibida zaharli moddalar bo‘lmagan buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).
39. Chinni buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).
40. Bo‘yash va oqartirish sexlari bo‘lmagan yigiruv va to‘quv fabrikalari.
41. Tayyor dorivor vositalarni, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini (choy, tuz, shakar va boshqalarni) qadoqlash korxonalari (shu jumladan sexlari).
42. Ko‘mir va ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish korxonalari va ularni saqlash omborlari.
43. Sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash ishlari.
44. Dvigatel va mashinalarni ta’mirlash, yig‘ish, shuningdek, ularni bo‘yash korxonalari (metall quyish va eritish uskunlari mavjud korxonalar bundan mustano).
45. Maydoni 30 gektardan ortiq bo‘lgan baliq urchitish havzalari, shuningdek, baliqni qayta ishlash kompleksi.
46. 150 tadan ortiq savdo o‘rniga ega bo‘lgan bozorlar va savdo markazlari
47. Elektr asbob-uskunalarini yig‘ish va ta’mirlash, metallga ishlov berish korxonalari (shu jumladan sexlari).
48. Sel suvini to‘plash omborlari.
49. Tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan, o‘g‘itlar omborlari va zaharli chiqindixonalarni rekultivatsiya qilish ishlari.
50. Huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus obyektlari.
51. Bosmaxonalar.
52. Quvvati 100 MVtdan kam bo‘lgan issiqlik, shuningdek, foto, shamol elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
53. Tramvay-trolleybus parklari.
54. Xloratorlar.
55. Kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari (shu jumladan sexlari).
56. 50 tonnadan ortiq sig‘imli sovutgich qurilmalari.
57. Kalsiy karbidi ishlab chiqarish sexlari.
58. Kimyoviy moddalar bilan mahsulotlarni o‘rganish markaziy laboratoriyalar.
59. Ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklari.
60. Yovvoyi hayvonlarni yangi iqlimga moslashtirish va duragaylash faoliyati.
61. Inert gazlar ishlab chiqarish korxonalari (shu jumladan sexlari).