Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida



Yüklə 70,68 Kb.
səhifə6/21
tarix26.10.2023
ölçüsü70,68 Kb.
#130956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12 - mavzu. Atrof-muhitni baholash (Ekologik ekspertiza)

Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etiladigan materiallarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish tartib-taomillarini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
atrof muhitga ta’sir — mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirishning va amalga oshirilayotgan faoliyatning atrof muhit va ekologik xavfsizlik uchun, shu jumladan, aholi sog‘lig‘i, atrof tabiiy muhit komponentlari uchun har qanday oqibatlari va ushbu omillarning o‘zaro bog‘langan aloqasi, shuningdek, ushbu omillardagi o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va madaniy meros obyektlariga ta’siri;
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi — atrof muhitga ta’sirni baholash jarayonining birinchi bosqichi hisoblanadi va mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldin ishlab chiqiladigan materiallar;
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot — atrof muhitga ta’sirni baholash jarayonining ikkinchi bosqichi xisoblanadi, bunda atrof muhitga ta’sirni baholash jarayonining birinchi bosqichi davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra qo‘shimcha tadqiqotlar, maxsus tahlillar o‘tkazish, atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga qo‘shimcha ravishda salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va boshqa holatlarda zarurligi aniqlangan bo‘lsa, ishlab chiqiladigan materiallar;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifaga mansub faoliyat turlari — o‘z faoliyati natijasida atrof muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri yuqori darajada xavfli bo‘lgan, ushbu ta’sirni oldini olish va kamaytirish uchun doimiy ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etadigan korxonalar, zavodlar, fabrikalar, komplekslar, texnologiyalar, inshootlar, obyektlar, qurilmalar va boshqa faoliyatlar;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifaga mansub faoliyat turlari — o‘z faoliyati natijasida atrof muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri o‘rtacha darajada xavfli bo‘lgan, ushbu ta’sirni oldini olish va kamaytirish uchun ma’lum bir chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etadigan korxonalar, zavodlar, fabrikalar, komplekslar, tashkilotlar, texnologiyalar, obyektlar, qurilmalar va boshqa faoliyatlar;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning III toifaga mansub faoliyat turlari — o‘z faoliyati natijasida atrof muhitga ko‘rsatadigan ta’siri past darajada xavfli bo‘lgan, ushbu ta’sirning oldini olish uchun ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etadigan korxonalar, texnologiyalar, inshootlar, obyektlar, qurilmalar va boshqa faoliyatlar;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifaga mansub faoliyat turlari — o‘z faoliyati natijasida atrof muhitga mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadigan, ushbu ta’sirning oldini olish uchun alohida chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etmaydigan sexlar, inshootlar, obyektlar, qurilmalar va boshqa faoliyatlar;
atrof muhitga ta’sirni baholash — mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan faoliyatning atrof muhitga potensial ta’sirining xususiyatlari va darajasini, kutilayotgan ekologik va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni aniqlashga hamda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tartibot;
atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi — davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallarni ishlab chiquvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiquvchi tashkilot);
atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari — mo‘ljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning atrof muhitga ta’sirni baholashda tayyorlanadigan va davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami;
buyurtmachi (tashabbuskor) — mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha hujjatlarni ushbu faoliyat turiga qo‘yiladigan normativ-huquqiy talablarga muvofiq tayyorlashga mas’ul bo‘lgan hamda ularni davlat ekologik ekspertizasiga taqdim qiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
davlat ekologik ekspertizasi — mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan ekspertiza turi;
mo‘ljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat — tabiiy resurslardan foydalanishni, atrof tabiiy muhit komponentlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutuvchi, har qanday mo‘ljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilgan faoliyat;
Ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot — atrof muhitga ta’sirni baholash jarayonining yakuniy bosqichi bo‘lib, tugallangan obyekt (rekonstruksiya qilish, moderenizatsiya, kengaytirish) foydalinishga topshirilgunga qadar atrof muhitga ta’sir etuvchi ekologik normativlarni belgilash materiallari;
ekologik normativlar — atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tishi lozim bo‘lgan chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashishi, tashlamalar va oqovalar me’yorlarini belgilash materiallari;
ekologik xavfsizlik talablari — tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash, atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
3. Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
atrof muhitga ta’sirning barcha potensial turlarining xususiyati va xavflilik darajasini aniqlash;
mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini baholash;
buyurtmachi tomonidan mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan faoliyatga tegishli qarorlarni qabul qilishda ijtimoiy afzalliklarni aniqlash va hisobga olish;
atrof muhitga minimal ta’sir etgan holda tabiatdan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida xo‘jalik faoliyati hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha muqobil imkoniyatlarni ko‘rib chiqish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asoslanganligini aniqlash;
mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan faoliyatning atrof muhit komponentlariga hamda fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirining oldini olish va yumshatish.
4. Quyidagilar davlat ekologik ekspertizasi obyektlari hisoblanadi:
davlat dasturlari va konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;
texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar;
hududlarga favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat zonalari hamda muhofaza qilinadigan hududlar maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallari;
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
maxsus huquqiy rejimga ega obyektlar.
5. Majburiy davlat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkaziladigan faoliyat turlarining belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatiga muvofiq buyurtmachi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Buyurtmachining xohishiga ko‘ra yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilmagan faoliyat turi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin.
6. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda:

Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin