I darajali yemirilish — alveolalar orasidagi suyak to ‘sig‘i
balandligining tish ildizining 1/3 qismiga yemirilishi.
II darajali yemirilish — alveolyar suyak to ‘sig‘i ildizining
1/2 qismiga yemirilishi.
III darajali yemirilish — alveolyar suyak to ‘sig‘ining tish
ildizining 2/3 qismigacha yemirilishi.
Parodontit xastaligi tufayli parodont to ‘qim alarida bir
qadar patomorfiologik o ‘zgarishlar yuz beradi. Parodontit
xastaligini surunkali milk yallig‘lanishi yuza neoplastik parodont
xastaligi (parodontoliz)dan farqlay bilish zarur.
Xastalikni to ‘liq bartaraf etish uchun davo chora-tadbirlari
barvaqt, kasallikning ilk boshlang‘ich davrlaridayoq boshlan-
m og‘i lozim. Keyingi davrlarda o ‘tkazilgan shifo tadbirlari
xastalikning kechish ini to ‘xtatib, uning turg‘unligini ta ’min-
laydi. Parodontit xastaligi diffuz tarzda yuz berganda albatta
asosiy, umumiy xastalik aniqlanib, davolash ishlari to ‘liq olib
borilgandagina ko‘ngildagidek natijaga erishiladi.
P a ro d o n tit — p erio d o n ta l boylam , suyak t o ‘qim asi
buzilishi va milkning yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik
b o ‘lib, unda klinik va parodontal ch o ‘ntaklar ham paydo
b o ‘lishi mumkin.
Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablaming
mahalliy yoki umumiyligiga qarab, u chegaralangan hamda
diffuz b o ‘lishi mumkin. Xastalikning klinik kechishi o ‘tkir,
surunkali, o ‘tkirlashib qaytalangan b o ‘lib, uning yengil,
o ‘rtacha og‘irlikda yoki og‘ir xillari b o ‘ladi.
Dostları ilə paylaş: