Тема: мухандимтлик графикаси фанини ўҚитишда янги педагогик технологиялардан фойдаланиб ўҚитишнинг аҳамияти



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix26.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#135522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
4417968b-1de4-4e0e-9900-bfff24391ae2

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.3. Mehnat ta`limi darslarida chizmashilik faniga oid tushunchalarni 
o`rgatishda ko`rgazma darsidan foydalanish 
Yangi pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida unumli foydalanish 
o`quvchi va talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish bilan birgalikda ularning 
taffakuri, qobiliyati, izlanuvchanligi va o`z navbatida bilimlarini oshirishning eng 
muhim omilidir. Chizmachilik va injenerlik grafikasi faniga oid tushunchalar
ko`pchilik o`quvchilar va talabalar tomonidan qiyin o`zlashtirilishi hech kimga 
sir emas. Talabalar bu fanga tushunchalarni chuqur o`zlashtirishlari uchun ko`proq 
mustaqil ishlashlariga to`g`ri keladi. Biz tavsiya etmoqchi bo`lgan dars usuli
yuqoridagi muammoni ijobiy hal etish im-konini beradi. Bu usulni ko`rgazma 
darsi deb nomlash mumkin. Bu darsni olib borish jarayonini umumiy o`rta ta`lim 
maktablarining 8-sinfidagi Chizmachilik fani misolida yoki mehnat ta`limi ixtisosligi
1-kursida yuqoridagi fan bo`yicha o`tiladigan “Egri chiziqlar” mavzusi misolida
ko`rib o`taylik. O`qituvchi oldindan 5-6 ta o`quvchi (talaba)ga ellips, evol`venta, 
sinusoida, Arximed spirali kabi topshiriqlarni beradi. Ular o`zlariga berilgan
topshiriqlarni bajarish tartibini o`rganadilar va chizmalarni A1, A2 qog`ozlarga 
chizadilar. 
Darsni quyidagi tartibda tashkil etish mumkin. 
Hurmatli o`quvchilar (talabalar)! Yosh ijodkorlarning “Egri chiziqlar” 
mavzusida 
yaratgan 
asarlari 
namoyishiga 
hush 
kelibsizlar! 
Bugungi 
ko`rgazmamizga bir necha asarlar taqdim etilgan. Hozir sizlarni asarlar va 
ularning mualliflari bilan tanishtiramiz. Birinchi asarimiz “Arximed spirali” deb 
nomlanadi. So`z - asar muallifi (o`quvchi yoki talaba) - A. Vohidovga. Marhamat!
O`quvchi (talaba) chiqadi va A2 qog`ozga tasvirlangan chizma hamda 
boshqa ko`rgazmali qurollardan foydalanib bajargan ishini tushuntirib beradi. U o`z 
bayonini tugatgach, shu mavzu bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi. Shu tariqa 
boshqa o`quvchi (talaba)lar ham chiqib, o`z mavzulari bo`yicha tayyorlab kelgan 
ko`rgazmalarining mazmunini bayon etishadi. Bunda ham mavzular bo`yicha bahs- 


munozaralar olib boriladi. Bu darslarni O`TV yordamida olib borish maqsadga 
muvofiqdir.
Bu dars usulini qo`llash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: 
1.
O`quvchi-talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish. 
2.
O`quvchi-talabalarning og`zaki nutqini o`stirish. 
3.
O`quvchi-talabalarda pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish. 
4.
O`quvchi-talabalarning darsdagi faoliyatini oshirish. 
5.
Darsda fanlararo bog`lanishni ta`minlash. 
6.
O`quvchi-talabalarga nazariy bilimlarni amalda qo`llashni o`rgatish. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin