Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida (1998 yil 27 oktyabr, 455 – sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga
muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko’ra texnogen, tabiiy
va ekologik xususiyatli, Ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy
zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va
transschegarali turlarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida (1996
yil 18 yanvar, 32 – sonli). Odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi
kurash chora – tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash
joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida
qabul qilingan.
Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida (2003
yil
13 yanvar, 15 – sonli). O’zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar
o’tkazilishi paytida jamoat xavfsizligini ta’minlash va tartibni muhofaza qilish
maqsadida qabul qilingan.
Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va oldini olish Davlat dasturini tasdiqlash to’g’risida (2007 yil 3 aprel, 71 – sonli). Favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar
samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Yuqorida ko’rsatilgan huquqiy xujjatlar asosida o’quv jaraenida talabalarga
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining barcha yo’nalishlari bo’yicha keng manoda
tushunchalar berildi.
2.5. Bir soatlik dars konspektasi Mavzu: Texnik rasm 1. Mashg’ulotini o’qitish texnologiyasi modeli Ajratilgan soat - 2 soat O`quvchilar soni - 20 ta