Ikkilamchi о‘lchov asboblarini tanlash Avtomatlashtirish chizmalarini tayyorlashda ikkilamchi о‘lchov asboblarini tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
-aniqlik sinfi bо‘yicha (0,25. 0,5. 1. 1,5 )
-dinamik xususiyatlari bо‘yicha (tezkorligi)
-gabaritlari bо‘yicha (normal, kichik gabaritlar va minatyurli)
-о‘lchanayotgan parametrlari soni bо‘yicha
-ikkala kо‘rinishi bо‘yicha (tо‘g‘ri chiziqli, aylana shaklida va yoysimon)
-ijro uslubi bо‘yicha (normal, tropik, chaqmoqdan ximoyalangan)
-kо‘rsatish bо‘yicha (son-raqamli, analogli, diskret-analogli).
Operativ nazorat uchun kо‘rsatuvchi о‘lchov asboblari qо‘llaniladi. Texnologik jarayonning asosiy parametrlari kо‘rsatib yozib boruvchi о‘lchov asboblari yordamida nazorat qilinadi. Yozib boruvchi о‘lchov asboblari dichk diagrammali va lenta diagrammali bо‘ladi.
Sekin о‘zgaruvchi parametrlarni yuqori aniqlikda о‘lchash uchun son-raqamli о‘lchov asboblari ishlatiladi.
О‘lchov asbobi shkalasini tanlashda о‘lchanayotgan parametrning maksimal qiymati shkalaning oxirgi choragida bо‘lshini hisobga olish kerak. Defferensiyallanuvchi sezgir elementli о‘lchov asboblarida shkalaning 0,5÷0,7 qismida tanlangan ma’qul.
О‘lchov asboblarini tanlashda yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan talablarga rioya qilish kerak.
Rostlagichlarni tanlash Rostlagichlar quyidagilarga qarab tanlanadi:
-tashqi manba energiyasi turiga qarab (elektr pnevmatik gidravlik)
-chiqish signalining xarakteriga qarab (uzluksiz, diskret)
-rostlash qonuniga qarab (pozitsion-P3, proporsional-P, integral-I, proporsional integral-PI, proporsional integral differensial-PID)
Bu rostlagichlar yordamida avtomatik rostlash tizimlari (ARS) quriladi. Turtki bо‘yicha ARS, chetlashish bо‘yicha ARS va kombinatsiyali ARS lar mavjud.
Rostlash tizimining sifati kо‘p jixatdan jarayonning rostlash ta’sir kanalini tо‘g‘ri tanlanganligidan, hamda rostlash qonunini tо‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq.
Rostlagichni tanlashni bir konturli rostlash tizimidan va eng sodda rostlash qonunidan boshlanadi, sо‘ngra rostlash qonunini murakkablashtirib borib, kerakli rostlash sifatiga erishiladi. Agar rostlash sifati bir konturli rostlashda talabga javob bermasa, unda kо‘p konturli rostlash tizimini qо‘llash taxlil qilinadi.