Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

3.2.2.
 
ATM texnologiyasi
 
Tarmoq operatorining asosiy vazifasi real vaqtda multimedia 
trafigini va telemetriyani (videodasturlarning translyasiyasi, datchiklar 
va boshqa qurilmalardan xizmat ko’rsatish trafigini uzatish, bularda 
axborotning kechikishi kritik ahamiyatga ega) uzatish bo’lganda ATM 
texnologiyasini ishlatish samarador hisoblanadi. 
ATM tarmog’i mijozning butun tarmoq bo’ylab yuqori QoSni 
taqdim etadi va ba’zi xollarda o’zini iqtisodiy tomondan oqlaydi. 
ATM texnologiyasining asosiy afzalliklari:

aloqa kanallarining o’tkazuvchanlik polasasini
dinamik boshqarish; 

xar xil turdagi trafiklar uchun QoSni ta’minlash; 

aloqa kanallari va qurilmalarini zaxiralash imkoniyati; 

xar xil turdagi trafiklarni (ovoz, ma’lumot va videolar 
bilan birgalikda) integratsiyalash imkoniyati; 

ovozli trafiklarni qayta ishlovchi maxsus texnologiyalar hisobiga 


70 
o’tkazuvchanlik qobiliyatini tejash imkoniyati; 

shaffof aloqa kanallarini emulyasiya imkoniyati; 

belgilar bo’yicha kommutatsiyalash texnologiyasi MPLSni 
qo’llagan holda ATM tarmoq operatori, ATMning tayanch 
tarmog’i bo’yicha, real vaqt masshtabida IP trafiklarini 
dinamik kommutatsiyalashi mumkin, bunda QoS xizmatlar 
sifatini zarur bo’lgan satxini ta’minlash imkoniyati paydo 
bo’ladi; 
ATM texnologiyasining kamchiligi:

qurilmalarni sozlash va ularga xizmat ko’rsatishning murakkabligi; 

qurilmalar narxining nisbatan qimmatligi; 

turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini moslasha olmasligi; 

spetsifik vazifalarda ATM texnologiyasini qo’llash ulanishni 
o’rnatishda katta kechikishlarga olib keladi va aloqa kanaliga 
yuklanadigan xizmat axborotlarini juda yuqori foizliligi o’zini 
oqlamaydi. 
Tayanch transport tarmoqlarini qurishda ATM texnologiyasini 
qo’llashni quyidagi hollarda tavsiya etish mumkin: 

chegaraga yaqin kanallarni yuklashda; 

xar xil turdagi trafiklarni uzatishda (ovoz, ma’lumot, video) turli 
xil sinfli xizmat ko’rsatishlar talab etiladi; 

kanallarni umumiy yuklashda juda kichik ovozli trafik
katta ahamiyatga ega; 

shaffof aloqa kanallarini taqdim etishda talablar mavjud masalan 
ATS larni ulash uchun. 


71 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin