Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
61a1f77f51abb6.99162228

12.4.
 
Foton texnologiyasi asosidagi telekommunikatsiyaning 
optik tarmoqlari
 
Keyingi o’n yilliklar telekommunikatsiyaning jadal suratlarda 
rivojlanishi 
bilan 
xarakterlidir, 
bu 
rivojlanish 
ko’p 
jixatdan 
mikroelektronika va materialshunoslikning yutuqlariga asoslangan 
bo’lib, axborotni samarali taqsimlash, qayta ishlash, saqlash, shuningdek 
tizim va uzatish muxitining o’tkazuvchanlik qobiliyatini keskin oshirish 
imkonini berdi. Zamonaviy telekommunikatsiyaning bosh xususiyati – 
signallarni raqamli ko’rinishda uzatish va qayta ishlashdir, buning 
nazariy asosida analog signalni ekvivalent diskret, ya’ni raqamli signal 
bilan almashtirish mumkinligi xaqidagi Kotelnikov (Shennon) nazariyasi 
yotadi. Raqamlashtirish, ularni amalga oshirish imkoniyati bo’lgunga 


306 
qadar shakllantirilgan ilmiy g’oyalarni joriy etish imkonini berdi va 
buning natijasida, analog tizimlarga nisbatan kengaytirilgan xizmatlar 
spektriga ega, iqtisodiy samarali raqamli aloqa tizimlarini qurish 
imkoniyati tug’ildi. 
Hamma 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
jamiyatni 
axborotlashtirish jarayonining jadallashishi sababli, xajmi juda tezda 
oshib borayotgan axborotlarni uzatish uchun yuqori tezlikli kanallarga 
muxtojdirlar. Bu axborot tarmoqlarining o’tkazuvchanlik qobiliyati va 
moslashuvchanligi ortishi orqali yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bitta 
foydalanuvchiga nisbatan xisoblaganda o’tkazish mintaqasi (polosasi) 
keskin ortmoqda. Buning natijasi sifatida, Internet resurslaridan 
foydalanish keskin ortishi kuzatilmoqda – baxolashga qaraganda axborot 
oqimining o’rtacha xajmi dunyoda bitta foydalanuvchiga nisbatan 
xisoblaganda yiliga 8 marta ortmoqda. 
Uzatilayotgan axborotlar xajmining bunday ortishini faqat 
signallarni uzatish muxiti sifatida optik tolani jalb etish orqali xal qilish 
mumkin. Bu uzoq masofali telekommunikatsiya magistrallariga, 
shuningdek lokal xisoblash tarmoqlariga xam mansubdir. 
Optik tola xozirgi paytda axborotni uzatish uchun eng mukammal 
fizik muxitdir, shuningdek etarlicha olis masofaga axborotlarning katta 
oqimlarini uzatish uchun eng istiqbolli muxit deb xisoblanadi. Tolaning 
afzalligi – regeneratsiya uchastkalarining uzun bo’lishiga imkon 
yaratuvchi so’nish va dispersiyaning ozligi, axborotni katta tezlikda 
uzatish imkonini beruvchi yuqori to’sqinbardoshlik va o’tkazish 
mintaqasining (polosasining) kengligidir. 
Bugunda optik tola amalda axborotni uzatish bilan bog’liq bo’lgan 


307 
hamma soxada qo’llanilmoqda. Agar shaxsiy kompyuter darajasida 
optik tolali interfeys simli bilan endigina yakkaxol kurashayotgan 
bo’lsa, magistral tamoqlarni qurishda esa optik tolaning so’zsiz 
xokimligi allaqachondan fakt bo’lib qolgan. Optik tolaning tijorat 
aspektlari xam uning foydasiga gapirmoqda – tola kvarsdan, ya’ni qum 
asosida tayyorlanadi, qumning zaxirasi esa juda ko’pdir. 


308 
Xozirgi paytda butun dunyo bo’yicha aloqa xizmatlarining hamma 
taqdimotchilari bir yilda bir necha o’n ming kilometrli optik tolali 
kabellarni er ostiga, okeanlar, dengizlar, daryolar tubiga, tonnellarga, 
LEP 
bo’yicha 
va 
kollektorlarga 
yotqizmoqdalar. 
Juda 
katta 
kompaniyalar, jumladan IBM, Lucent Technologies, Nortel, Corning, 
Alcoa 
Fujikura, 
Siemens, 
Pirelli 
kompaniyalari 
optik 
tolali 
texnologiyalar soxasida intensiv tadqiqotlar olib borishmoqda. Eng 
progressiv texnologiyalar qatorida zich spektrli multipleksirlashni 
DWDM (Dense Wavelength Division Multiplexing) va nol bo’lmagan 
aralash dispersiyali tolani TrueWave (Lucent Technologies) yoki 
DWDM signalini uzatish uchun maxsus mo’ljallangan SMF-LS 
(Corning) ko’rsatish mumkin. 
Bu tadqiqotlarning natijasida 1996 yilda bitta tolada 55ta DWDM 
kanallarini multipleksrlashga erishildi, bunda bitta kanalning uzatish 
tezligi 20 Gbit/s bo’lib, yig’indi natijasida 1,1 Tbit/s tezlikka erishildi. 
Xozirda mavjud bo’lgan tizimlar 100 ortiq kanallarni qo’llashi, 
natijada bir necha o’nlab gigabit sekund o’tkazuvchanlik qobiliyatiga 
ega bo’lishi mumkin. 
Rivojlanishning keyingi bosqichi fotonikaning rivojlanishi bo’ldi. 
Bu yo’nalishning imkoniyatlari, tolaning suvli kirlanishini yo’qotish va 
DWDM 
texnologiyalarini 
qo’llash, 
shuningdek 
signallarni 
regeneratsiyalashning eng muxim funksiyalarini va raqamli oqimlarni 
kommutatsiyalashni 
optik 
signallarni 
elektrik 
signallarga 
o’zgartirmasdan bevosita optik diapazonda amalga oshirish xisobiga 
tolada qo’llanilayotgan chastota polosasini kengaytirish va uzatish 
tezligini 300 Tbit/s gacha oshirish bilan bog’liqdir. 


309 
Zich multipleksirlash usuli paydo bo’lishi bilan, shuningdek 
trafikni shakllantirish, xizmat ko’rsati va uzatish bo’yicha hamma 
funksiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilmalarni ishlab chiqilishi 
va bu xol to’liq optik muxitda bo’lishligi uchun optik tarmoqlar, 
shuningdek ular asosida qurilgan global tarmoqlar mustaqil texnologiya 
sifatida e’tirof etildi. 
Global tarmoqlar (Wide Area Networks, WAN), ular shuningdek 
territorial, kompyuter tarmoqlari xam deb ataladi, katta territoriyalarga – 
viloyat, region, mamlakat, kontinent yoki er sharining hamma joyiga 
tarqalgan abonentlarning katta soniga o’zining servislarini taqdim 
etishga xizmat qiladi. 
Telekommunikatsiyalarning rivojlanish evolyusion jarayonining 
oxirgi maqsadi– Global axborot infrastrukturasini yaratishdir, u 
foydalanuvchilarga xizmatlar to’plamini taqdimlaydigan, ochiq ilovalar 
to’plamini ta’minlovchi va axborotning hamma turlarini qamrovchi va 
uni istalgan joyda istalgan vaqtda maqbul narxda va sifat bilan olish 
imkoni ta’minlaydi. 
Aloqa kanallarining juda uzunligi sababli global tarmoqlarni qurish 
juda katta xarajarlarni talab qiladi, unga kabellarning narxi va ularni 
yotqizish bo’yicha ishlar, kommutatsion uskunalar va kanalning zaruriy 
o’tkazish mintaqasi (polosasi)ni ta’minlovchi oraliq apparaturalarga 
xarajatlar, 
shuningdek 
katta 
territoriyalarga 
taqsimlangan 
telekommunikatsiya tarmoqlarining apparaturalarini ishlash xolatida 
saqlash uchun ekspluatatsion xarajatlar kiradi. 
Global kompyuter tarmoqlarining tipik abonentlari, turli shahar va 
mamlakatlarda joylashgan, o’zaro ma’lumotlar almashinish zarurati 


310 
bo’lgan, korxonalarning lokal tarmoqlaridir. 
Global tarmoqlar odatda yirik telekommunikatsiya kompaniyalari 
tomonidan abonentlarga pullik xizmat ko’rsatish uchun yaratiladi. 
Global xisoblash tarmoqlaridan tashqari axborotlarni uzatish 
territorial tarmoqlarning boshqa turlari xam mavjuddir. Birinchi 
navbatda bular bir necha o’nlab yillar davomida ishlab kelayotgan 
telefon va telegraf tarmoqlari, shunindek teleks aloqadir. 
Global tarmoqlarning narxi o’ta yuqoriligi sababli yagona global 
tarmoqni yaratish uzoq vaqtli tendensiyasi mavjuddir, bu tarmoq 
istalgan 
turdagi 
ma’lumotlarni 
uzatishi 
mumkin: 
kompyuter 
ma’lumotlari, telefon so’zlashishlari, fakslar, telegrammalar, televizion 
tasvirlar, teleteks (ikkita terminallar orasida ma’lumotlar uzatish), 
videoteks (tarmoqda saqlanayotgan ma’lumotlarni o’z terminaliga olish) 
va boshqalar. Telekommunikatsiya xizmatlarini integratsiyalash uchun 
dastlabki texnologiya ISDN o’tgan asrning 70-yillarida rivojlana 
boshladi. Xozircha tarmoqlarning xar bir turi aloxida ishlab turibdi va 
ularning eng qalin integratsiyasi umumiy birlamchi tarmoqlar – PDH va 
SDH tarmoqlardan foydalanish soxasida amalga oshrilgan, bugunda 
ularning yordamida kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarda doimiy kanallar 
tuzilmoqda. 
Texnologiyalarning 
rivojlanish 
yangi 
bosqichida 
integratsiyalangan tarmoqlarni yaratish, yangi meros nom bilan 
Broadband ISDN (V-ISDN) davom etmoqda, ya’ni keng polosali 
(yuqori tezlikli) xizmatlari integratsiyalangan tarmoqlar. V-ISDN 
tarmoqlar universal transport sifatida ATM texnologiyalariga asoslanadi 
va tarmoqning oxirgi foydalanuvchilariga turli shakldagi axborotlarni – 
kompyuter ma’lumotlari, audio- va videoaxborotlarni tarqatish uchu 


311 
yuqori 
satxdagi turli xizmatlarni, 
shuningdek foydalanuvchilarning 
interfaol o’zaro bog’lanishini qo’llaydi. 
Bu 
o’ta 
katta 
xajmdagi 
axborotlarni 
uzatish 
faqat 
telekommunikatsiyaning optik tarmoqlari asosida bo’lishi mumkin. 
Telekommunikatsiya optik tarmoqlarini rivojlantirish narxi 
pastligini va mavjud tarmoq texnologiyalari bilan moslashtirish 
osonligini, 
shuningdek 
o’tkazish 
kengligining 
amalda 
cheklanmaganligini 
xisobga 
olganda, 
yaqin 
vaqtlarda 
telekommunikatsiyaning global va magistral tarmoqlari to’liq optik 
tarmoqlarga o’tishini kutish mumkin. 
Telekommunikatsiyaning keng mintaqali (polosali) optik tolali 
tarmoqlari o’zaro bog’lanish elektron muxitning yangi shakllarini
biznes-echimlar, o’qitish bo’yicha takliflarni, shuningdek axborot- 
kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanish yangi bosqichini – grid 
–kompyutingni amalga oshirish uchun imkoniyat ochmoqda. 
Xozirgi kunda ulkan taqsimlangan tarmoqni tuzish mumkin, lekin 
uchastkalar orasida ma’lumotlarni almashtirish murakkab bo’ladi, ularni 
foydalanilayotgan ma’lumotlar uzatish tarmog’i asosida yagona resursga 
birlashtirish esa xozircha mumkin emas. Bu katta xajmdagi axborotlarni, 
katta ma’lumotlar bazasini (BD) qo’shimcha xisoblash resurslarini talab 
qiladigan xisoblashlarni bajarish uchun, kontinentlar orasida tezkor 
almashtirishga imkon bermaydi. 
Bu muammolarni echish uchun ayrim mamlakatlarda Grid 
loyixalari amalga oshirilmoqda. 
Xozirda Rossiya muxim bir loyixa, Polarnet-grid loyixasini taklif 
etgan. Bu loyixa axborot koridorini tashkil etish uchun Evropa, 


312 
SHimoliy Amerika va Osiyoni eng qisqa arktik marshrut bilan 
bog’lovchi unikal suv osti optik tola tizimini qurishga mo’ljallangan. Bu 
optik magistral umumiy uzunligi 19500 kilometr bo’lib London 
shaxrini Aleut orollaridagi Datch-Xarbor punkti bilan bog’lashi ko’zda 
tutilgan [10]. 
Taxmin qilinishicha, Polarnet loyixasini amalga oshirish natijasida 
grid- kompyutingning birlik axborotga sarf xarajatlari 5 marta 
kamaytiriladi . 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin