296
oqimni uzatadi. Foydalanishga 1999 yil topshirilgan. Servislari: telefon
(tovushni raqamli uzatish), uzun SMS uzatish/qabul qilish, tovushlarni,
rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish, tovush
pochtasi, Internet, radio/MR3-pleer, karaoke, 30ta o’yin, 57,6 Kbit/s
dan 153,6 Kbit/s gacha tezlikda ma’lumotlar uzatish.
3G avlod tarmoqlari
.
Uchinchi avlod tarmoqlari,
mobil aloqaning
bir nechta standartini bildirib, bir qator belgilar bilan farqlanadi.
Foydalanishga 2002 yil topshirilgan. Servislari: telefon (tovushni
raqamli uzatish), videotelefon, elektron xabarlarni uzatish/qabul qilish,
tovushlarni, rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish,
tovush pochtasi, videopochta, Internetga yuqori tezlikli kirish,
radio/MR3-pleer, karaoke, multi o’yinlar, TV va videopleer, 144 Kbit/s
dan 2 Mbit/s gacha tezlikda ma’lumotlarni uzatish mumkin.
4G avlod tarmoqlari
.
To’rtinchi avlod
tarmoqlari uchinchidan
asosan ma’lumotlar uzatish tezliklari bilan farqlanadi. To’rtinchi
avlodning tizim va standartlari xozirda ishlanmada, taxminiy amalga
oshirilishi 2009 yil bo’lgan.
3G tarmoqlarining rivojlanishi multimedia kontentini yuqori
tezlikda yuklatishi, elektron pochta, faylli ilovalar, on-layn o’yinlar bilan
ishlash qulayligi sababli ma’lumotlar almashinish bo’yicha xizmatlar va
servislardan foydalanish sifati va qulayligini abonentlar uchun sezilarli
yaxshilaydi.
Mobil aloqaning uchinchi avlod texnologiyasi – bu muloqatga va
axborotga kirishning kardinal yangi texnologiyasidir. Abonent o’z
suxbatdoshi bilan nafaqat gaplashadi, balki
uni mobil tarmoqqa telefon
yoki maxsus sim-karta yordamida ulangan videotelefon yoki noutbuk
297
yordamida ko’rishi,
Internet
tarmog’I bo’yicha sayoxat
qilishi
va internet-kirishning hamma afzalliklardan foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari
.
O’zbektelekom AK xozirda
ma’lumotlarni uzatish bo’yicha keng spektrli xizmatlarni, Internet
xizmatlarini taqdim etmoqda va Respublikada xususiy va yagona
raqamli transport tarmog’iga egadir. 1997-1999
yillar qurilgan raqamli
magistral telekommunikatsiya tarmog’i Toshkent, Nukus shaharlari va
Respublika viloyat markazlari orasida yuqori tezlikli ma’lumotlar
uzatish kanallarini (64 kBit/sek dan 2048 kBit/sek gacha) tashkil etishga
imkoniyat berdi. Quvvatli transport tarmog’ining mavjudligi, birlamchi
va
ikkilamchi
tarmoqlarga
egalik
O’zbektelekom
AKga
foydalanuvchilar keng ommasiga ma’lumotlar uzatish tarmog’ining
xizmatlarini, Internet va uning ilovalari bo’yicha xizmat ko’rsatishga
imkoniyat berdi.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini rivojlantirish
ketma- ketligini quyidagicha tavsiflash mumkin:
-
provayderlar tarmoqlarini yaratish bo’yicha xizmatlar;
-
global Intenet tarmog’i bilan bog’lanish xizmatlari;
-
amaliy (elektron tijorat, telemeditsina, telemarketing) xizmatlar;
-
jamoa (reklama, ma’lumotnoma, dasturiy maxsulotlar, biznes,
o’yinlar va boshqalar) xizmatlari;
-
moliyaviy xizmatlar;
-
tarmoq bo’yicha elektron savdo xizmatlari.
Ma’lumotlar uzatish vositalarining va xar xil turlardagi
tarmoqlarda
tovush
trafigi
va
videolarni
qayta
o’zgartirish
formatlari
texnologiyalarining bundan buyon rivojlantirilishi taqdim etilayotgan
298
xizmatlar turlarini (perechen), jumladan Internet xizmatlarini sezilarli
oshirishga imkoniyat tug’dirdi. Xozirgi vaqtda
ma’lumotlar
uzatish tarmog’ini,
UzNet va TSHTT filiallar tarmoqlari bilan
birgalikda, rivojlantirish va kengaytirish bo’yicha sezilarli
ishlar olib
borilmoqda.
UzNet filiali tomonidan tuzilgan ma’lumotlar uzatish tarmog’i
hamma viloyat markazlariga va ayrim tuman markazlariga etkazilgan va
tarmoqni hamma tuman markazlariga etkazish bo’yicha ishlar olib
borilmoqda. Bundan tashqari Toshkent shaxrida markaziy tugunda
tashqi kanal imkoniyatini oshirish uchun ma’lumotlar uzatish transport
tarmog’ini E1 dan GE gacha kengaytirish bo’yicha ishlar olib
borilmoqda. Axborot almashinishini va Internet tarmoqqa chiqishni
ta’minlovchi, Respublika vazirliklari va idoralari, bir qator
Respublikadagi
xalqaro
tashkilotlar
va
vakolatxonalar
foydalanuvchilariga Veb-xosting bo’yicha
xizmatlarni taqdim etuvchi
idoralararo
kompyuter
tarmog’i
o’zining
keyingi
rivojlanishini
topmoqda.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari qo’llangan eng yangi xizmatlar
video konferensiyalarni tashkil etish bo’yicha ximatlardir, shuningdek
Internet protokolarni qo’llab O’zbekiston Respublikasining hamma
axolisiga IP-telefoniya xizmatlarini ko’rsatishdir.
Tarmoq samaradorligini oshirish, xizmat turlarini ko’paytirish
uchun xar xil kompaniyalar bu borada o’z echimlarini taklif etmoqdalar.
Jumladan XXR ning Huawei kompaniyasi tarmoqlarni rivojlantirish
bo’yicha o’z konsepsiyasini e’lon qilishgan.