Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

Nazorat savollari
 
1.
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning xizmatlarni boshqarish 
pog’onasi vasifasi nimadan iborat? 
2.
Ma’lumot 
uzatish va chaqiriqlarga xizmat qilishni
boshqarish protokollariga tushuncha bering? 
3.
IPTV 
xizmatini taqdim etishning 
xususiyatlariga tushuncha 
bering? 
4.
IPTVning foydali funksiyalari nimalardan iborat? 
5.
IPTV operator tarmoqlariga talablar qanday? 
6.
VoIP texnologiyasi asosida malumot paketlari qanday uzatiladi. 
7.
VoIP ko’llanilishida kanday kurilmalar ishlatiladi? 


291 
12.
 
ALOQA TARMOQLARI RIVOJLANISHI UCHUN YANGI 
AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING ECHIMLARINI 
QO’LLANILISHI 
 
12.1.
 
Yangi avlod konvergent tarmoqlarining rivojlanishi
 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
rekonstruksiyalash 
va 
modernizatsiyalash natijasi uyali aloqani, ma’lumotlar uzatish va butun 
jaxon tarmog’i Internetga kirishni rivojlantirish, elektr aloqa taqdim 
etadigan xizmatlar sifati va nomenklaturasini sezilarli yaxshilash, 
maxalliy so’zlashishlar qiymatini vaqt bo’yicha xisoblashni joriy 
etishga, ayrim yo’nalishlarni analog liniyalardan raqamliga o’tkazish 
xisobiga stansiyalararo aloqa sifatini yaxshilash uchun baza yaratish 
imkoniyatini berdi. Telefon tarmoqlarida avariya vaziyatlarida 
o’tkazilayotgan yuklamani qayta yo’naltirish xisobiga barqaror aloqani 
ta’minlash uchun SDH texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati 
tug’ildi. 
Maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lib qolmoqda: 
-
analog-raqamli 
tarmoqdan 
raqamli 
telekommunikatsiya 
tarmoqlariga asta-sekin bir tekis o’tish; 
-
ISDN xizmatlarini taqdim etuvchi integratsiyalangan raqamli 
tarmoqni tashkil etish; 
-
tuman va uzelli ATSlardan ko’chma konsentratorlarni qo’llab 
kirish tarmoqlarini tashkil etish; 
-
viloyat qaramog’idagi shaharlar va tuman markazlaridagi, boshqa 


292 
axoli punktlarida telekommunikatsiya xizmatlarini (telefon, faks, 
elektron pochta, Internet va boshqalar) taqdim etuvchi 
markazlarni yaratish; 
-
abonent 
kirish 
tarmog’ini 
tashkil 
etuvchi 
istiqbolli 
texnologiyalarni (optik tolali, mavjud abonent liniyalarida 
raqamli, radiokirishdan keng foydalanishni) joriy etish; 
-
intellektual tarmoqlar xizmatlari bilan birga, telekommunikatsiya 
xizmatlarining yangi turlarini joriy etish. 
Maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish elektr 
aloqa tarmoqlarining ishlash sifatini sezilarli darajada oshirish 
imkoniyatini berdi, tarmoq abonentlariga xizmatlarning yangi turlarini 
taqdim etishni ta’minlaydi, shuningdek foydalanuvchilarning keng 
qatlamiga Internet tarmog’iga yuqori tezlikli kommutatsiyalanuvchi 
kirishni tashkil etishga imkonini yaratadi. 
Simsiz aloqa tarmog’ining rivojlanishi

Telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 1991-2004 yillardagi rivojlanishi yangi texnologiyalar va 
xizmatlarining yangi turlarining jadal suratda rivojlanishi bilan 
xamoxang bo’ldi. 
2003 yildan boshlab O’zbektelekom AK yangi turdagi faoliyatni – 
CDMA-450 standartida simsiz radiokirish xizmatlarini ko’rsatishni 
o’zlashtirishni boshladi. Shu maqsadda O’zbektelekom AKning
O’zbektelekom Mobayl filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi 
O’zbekiston 
Respublikasida 
umummilliy 
simsiz 
aloqa 
tizimini 
rivojlantirish deb belgilandi. 2003 yilning o’zidayoq Samarqand va 
Jizzax viloyatlarida simsiz radiokirish aloqa tizimi ishlay boshladi. 2004 
yil 
dekabrida 
Buxoroda 
CDMA-450 
standarti 
qo’llanilgan, 


293 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining 
borish qiyin bo’lgan tumanlari axolisini simsiz aloqa bilan ta’minlash 
uchun, simsiz abonent kirishi tarmog’ining joriy etilish tantanasi bo’ldi. 
Ushbu ishlar JBIC loyixasi doirasida bajarildi. 
Xozirda 
O’zbekistonning 
shimoliy 
to’rtta 
regionida 
(Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) 
umumiy sig’imi 20000 abonentli Lucent Technologies kompaniyasining 
5ESS kommutatori va 30 bazaviy stansiyalari montajlanib 
foydalanishga topshirilgan. Shuningdek mazkur loyixada yuqorida 
ko’rsatilgan regiondagi hamma viloyatlarga 4250 statsionar terminallar 
o’rnatish nazarda tutilgan. CDMA-450 standartining yangi uskunalari 
O’zbekistonning shimoliy to’rtta regioni axolisiga nafaqat odatiy telefon 
aloqa xizmatlarini ko’rsatibgina qolmay, ularga ma’lumotlar uzatish 
bo’yicha xizmatlarni, jumladan Internet tarmog’iga 153 kBit/sek 
tezlikda kirish imkonini berdi. 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
zamonaviy 
bosqichida birinchi o’ringa ma’lumotlarni uzatish bo’yicha xizmatlarni 
rivojlantirish, jumladan jaxon tarmog’i Internet resurslariga sifatli kirish 
chiqmoqda. 
O’zbektelekom Mobayl filiali bugungi kunda mijozlarga CDMA-
450 standartidagi simsiz aloka xizmatlarini takdim etib kelayapti. 
Ushbu filial mijozlari sonini keskin oshirish, aloka sifatini yanada 
yaxshilash va tarmokni rivojlantirish maksadida 2008 yilda Xitoy Xalk, 
Respublikasining ‘ZTE’ korporatsiyasi va Germaniyaning ‘Alcatel 
Shanhay Bell’ kompaniyasi bilan ko’plab shartnomalar
imzoladi.Mazkur
import 
shartnomalari 
asosida 
‘ZTE’ 


294 
korporatsiyasidan CDMA-450 standartidagi mobil va turg’un telefon 
apparatlari olindi. 
Alcatel Shanhay Beli’ kompaniyasi bilan tuzilgan import 
shartnomalari asosida filialga 40dan ortik, CDMA-450 standartidagi baza 
stansiyalari keltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu baza stansiyalarini abonentlar 
zich joylashgan xamda tarmok, yaxshi kamrab olmagan xududlarga 
joylashtirish natijasida aloqa sifati keskin ortadi hamda xizmat doirasi 
kengayadi. 
O’zbekiston axolisining 40 % dan ortig’i uyali aloqa xizmatlaridan 
foydalanadi, hamma yirik operatorlar o’zlarining 3G tarmoqlarini testli 
ekspluatatsiyaga chiqarishganini e’lon qilishdi. 
Uyali operator – Unitel (Bilayn savdo markasi) kompaniyasi 
O’zbekistonda uyali aloqa uchinchi avlodining tajribaviy tarmog’ini 
ishga tushirayotganini e’lon qildi. 
Perfektum Mobile kompaniyasi 2009 yil CDMA standartli 
uchinchi avlod uyali aloqani joriy etishni rejalashtirgan. 
O’zbektelekom AKning O’zbektelekom Mobayl filiali 3G 
tarmoqni 2009 yil joriy etish rejasini bayon qilgan, shuningdek bu 
kompani mavjud tarmoqni modernizatsiyalash va kengaytirishni davom 
etmoqda. 
MDX mamlakatlarida 3G – tarmoqlarning to’plami mavjud, lekin 
ular boshqa CDMA-2000 standartida ishlaydilar. 
Xozirda O’zbekistonda mobil aloqaning beshta operatori faoliyat 
ko’rsatmoqda, jumlada: MTS (O’zdunrobita, GSM standarti), Unitel 
(Bilayn savdo markasi, GSM standarti), COSCOM (Ucell savdo 
markasi, standart GSM), Perfektum Mobile (Rubicon Wireless 


295 
Communcation, CDMA standarti) va O’zbektelekom AKning 
O’zbektelekom Mobayl filiali (Uzmobile savdo markasi, 
CDMA 
standarti). 
Mobil aloqa tarmoqlarini avlodlariga (Generation) ajratish qabul 
qilingan, bundan 1G, 2G, 3G va 4G abbreviaturalar kelib chiqqan. Ya’ni 
xarakatdagi uyali aloqalarning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi 
avlodlari xaqida aytish mumkin. Shuningdek o’tish tarmoqlari 2,5G, 
3,5G va xattoki 4,5G tarmoqlari mavjud. Mobil aloqa avlodlari 
ma’lumotlar uzatish tezligi, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan servislar 
va xizmatlar bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin