2004 yil yanvar oyidan boshlab buxgalteriya balansining yana yangi shakli qabul qilindi. Unda balansning bo’limlari quyidagicha berilgan.
Aktiv Uzoq muddatli aktivlar.
Joriy aktivlar, shu jumladan: tovar-moddiy zaxiralari; pul mablag‘lari, jami.
Passiv O‘z mablag‘lari manbalari.
Majburiyatlar, jami, shu jumladan: uzoq muddatli majburiyatlar; joriy majburiyatlar.
1997 yilda qabul qilingan balans shaklidan bu balansning farqi shundan iboratki,
balansning aktiv tomonida korxona aylanma mablag‘lari moddiy zaxiralar ya’ni moddiy aylanma mablag‘lar va pul aylanma mablag‘lari, balansning passiv tomonida esa ilgarigidek ikkiga bo‘lib ko‘rsatilgan uzoq va qisqa muddatli majburiyatlar. Bu o‘zgarishlar korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishni ancha yengillashtiradi.
Shunday qilib, korxona balansining tuzilish shakli doimo takomillashtirilgan. Bu takomillashtirish quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi:
Birinchidan, balansning ham aktiv, ham passiv bo‘yicha bo‘limlari soni
o‘zgarib, korxona mablag‘lari va ularning manbalari kontsentratsiyalanib bordi.
Ikkinchidan, balans bo‘limlarining nomlari o‘zgarib, yangi nomlarda mablag‘lar va ularning manbalari mazmuni to‘liqroq aks ettirila boshlandi.
Uchinchidan, korxona balanslarining o‘zgarishida alohida ishlab chiqarish
tarmoqlarining mablag‘lari va ularni qoplovchi manbalarining xususiyatlari e’tiborga olingan.
To‘rtinchidan, xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilishi munosabati bilan korxonalar balansi bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan yo‘nalishda takomillashtirilmoqda.
Beshinchidan, moliyaviy tahlil o‘tkazishni yengillashtirish maqsadida balans-
bruttodan, balans-nettoga o‘tilgan.
Oltinchidan, respublika jahon bozor iqtisodiyotiga kirib borar ekan, mamlakatda hisob va hisobotini tashkil qilish xalqaro andozalarga o‘tkazilayapti.