Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
8- bob bo’yicha xulosalar 
Muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturlar paketlari ma’lum bir sohadagi 
muammoni amalga oshirishga mo’ljallangan. Masalan, buxgalteriya hisobi amaliy 
dasturlar paketi EHM da quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon beradi: ish xaqi 
hisobi, turli vedomostlarni shakllantirish, har bir xizmatchining har oyga hisob 
kvitantsiyasini chop etish va hokazo. 
Amaliy dasturlar paketlari alohida modullardan, etakchi dasturdan ko’pgina 
«monitor» deb ataluvchi etakchi dastur amaliy dasturlar paketlarni modullar ishini 
tashkil etadi. 
Foydalanuvchining ko’rsatmalariga ko’ra boshqaruvchi dastur kerakli 
modullarni tanlaydi va ishchi dasturni shakllantiradi. Ishchi dastur to’g’ridan-to’g’ri 
foydalanuvchi vazifasini bajaradi, chiqish sonlarini kerakli shaklda tayyorlaydi va 
ularni foydalanuvchiga taxlil uchun chiqarib beradi. Kerakli amaliy dasturlar 
paketlarni chaqirish va u yordamida kerakli axborotni qayta ishlash operatsion tizim 
boshchiligida amalga oshiriladi. 
 








algoritm va dasturlarni ishlab 
chiqish 
ekspluatatsiya va 
kuzatish 
MBD 
tugallanish 


123 
9- bob Iqtisodiy sohalarda amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish 
 
9.1 BEM – Buxgalterga Elektron Madad amaliy dastur paketida ishlash 

BEM – Buxgalterga Elektron Madad” – bu har qanday turdagi faoliyat bilan 
shug’ullanuvchi tashkilotlarga buxgalteriya hisobini yuritish uchun tayyor echimdir. 
Bugungi kunda “BEM-Kichik korxonalar”,
 
“BEM-Bozorlar”

“BEM-Byudjet 
tashkilotlari

dasturlari ko’rinishida faoliyat turlari xizmatlar, ulgurji va chakana 
savdo, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo’lgan korxonalar; xo’jalik hisobidagi va 
byudjet tashkilotlari; yagona soliq to’lovi to’lovchilar va umumbelgilangan soliqlar 
to’lovchilar, bozorlar, oliy o’quv yurtlari va boshqalar uchun muvaffaqiyatli echim 
yaratildi. 
Dasturlar bilan hatto boshlovchi foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. 
Dastur ikki tilda: o’zbek va rus tillarida yaratilgan. Tarmoqda ishlash imkoniyati 
mavjud. Amaldagi qonunchilikka muvofiq dasturlarni har kvartalda tekin yangilash 
amalga oshiriladi. 
BEMning dasturiy mahsulotlari amaldagi qonunchilikning barcha talablariga 
javob beradi va boshqa barcha muqobillaridan farqli o’laroq, qo’shimcha sozlash va 
konfiguratsiya qilishni talab etmaydi. Buxgalter korxona, xodimlar va operatsiyalar 
bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni kiritsa kifoya, qolgan barchasini dasturning o’zi 
tez va to’g’ri amalga oshiradi. Agar korxonangiz kichikroq bo’lsa, Siz bir soatdan 
keyinoq soliq va buxgalteriya hujjatlari bo’yicha, kadrlar hisobi bo’yicha va ish haqi 
bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini shakllantirishingiz mumkin. Taqdim etiladigan 
hujjatlar №21 BHMS ning tasdiqlangan shakllariga mos keladi va zarurat tug’ilganda 
MS Excel ga osongina o’tadi[13,16]. 
Agar korxonangiz yirik bo’lsa, aynan BEM dasturi Sizga buxgalteriya hisobini 
yuritish jarayonini bir necha marta soddalashtirish hamda har doim aniq va to’liq 
axborotga ega bo’lishingizga imkon yaratadi. Sodda ko’rinishiga qaramay, dasturlar 
maxsus ma’lumotlar bazalaridan foydalanilgan holda yaratilgan hamda korxonadagi 
operatsiyalar va xodimlar sonidan qat’i nazar, kiritilgan ma’lumotlarning ishonchli 
saqlanishini kafolatlaydi. 
Dasturda buxgalteriyaning “Bank”, “Kassa”, “Asosiy vositalar”, “TMZ”, 
“Oylik ish haqi”, “Xizmatlar” kabi uchastkalari avtomatlashtirilgan. Bularning 
barchasi O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchiligi 
va byudjet tashkilotlarida hisob yuritishning o’ziga xosliklariga muvofiq ravishda 
amalga oshirilgan. 
 
BEM dasturlarining bazaviy imkoniyatlaridan tashqari, “BEM-Byudjet 
tashkilotlari”da byudjet tashkilotlari uchun o’ta muhim bo’lgan quyidagi jihatlar ham 
e’tiborga olingan:
 

Dasturda byudjet tashkilotlari uchun o’ta muhim bo’lgan buxgalteriya 
hisobining moliyalashtirishning bir necha manbalari bo’yicha bo’linishi tizimi 
ishlaydi;
 

Tashkilotlarning xarajatlar bazaviy smetasi “Xarajatlar bazaviy smetasi” 
hujjatida aks etadi, “Smetalarga tuzatish kiritish” hujjati yordamida esa 
tashkilotlarning smetalarida bir yil ichida yuz beradigan o’zgartirishlar kiritiladi;
 


124 

Xarajatlar qismlari bo’yicha qoldiqlar summalarini To’lov topshiriqnomasini 
to’ldirish paytida ko’rish mumkin;

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin