Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi


-ti-qo`shimchasi unli bilan tugagan fe’l negizlariga, shuningdek, r



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə10/15
tarix06.12.2022
ölçüsü56,12 Kb.
#120506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va f-fayllar.org

-ti-qo`shimchasi unli bilan tugagan fe’l negizlariga, shuningdek, r ba lsonor undosh tovushlar bilan tugagan fe’l negizlariga qo`shiladi. Ushbu qo`shimcha undosh tovushlar bilan tugagan fe’l negizlariga qo`shilganda –it- qo`shimchasidan –i- unlisi tushib qoladi: belir-t-mek, otur-t-mak, kısal-t-mak, bunal-t-mak, üşü-t-mek, acı-t-mak, anla-t-mak kabi.
Turk tilida fe’lning orttirma nisbat shakllari ma’no jihatdan boy va ularga lug`atlardan keng o`rin berilgan.
-ir- (-ır-, -ür-, -ur-) qo`shimchasi ba’zi bir bo`g`inli fe’l o`zaklariga qo`shilib keladi: piş-ir-mek, geç-ir-mek, yat-ır-mak, uç-ur-mak, şiş-ir-mek, kaç-ır-mak, doy-ur-mak, doğ-ur-mak kabi.
Orttirma nisbati shakli gap egasining bir ishni boshqa shaxsga bevosita qildirishi va uning bir ishni boshqa shaxslarga vositali ravishda qildirishi, bajartirishiga ko`ra ikki darajali bo`lishi ham mumkin: yaptırmak, geçirtmek kabi. Bunday holatda gap ichida uchta ot bo`ladi (Ayakkabımı yatırttım): Ben – hızmetçi – ayakkabıcı. Bunda qo`shimchalar ketma-ket –tir- va –ir- + - it- + -tir shaklida keladi (kes-tir-t-mek, doğ-ur-t-mak, kısal-t-tır-mak). Ushbu shakl murakkab orttirma daraja (katmerli ettirgen eylem) deyiladi.
Bebek uyudu (chaqaloq o`zidan o`zi uxlab qolgan);

Anne bebeği uyuttu (chaqaloqni onasi uxlatgan);

Anne bebeği dadıya uyutturdu (onasi chaqalo`gini enagaga uxlattigan).

Ikkinchi gapda (gapning egasi) ishni bevosita chaqaloqqa bajartirgan. Uchinchi gapda esa, ona (gapning egasi) ishni boshqa shaxs (masalan, enaga) vositasida amalga oshirgan. Shu sababdan murakkab orttirma daraja turk tilini o`rganuvchilar uchun qiyinchiliklar tug`diradi. Lekin shu bilan birga faqat turkiy tillardagina uchraydigan bunday fe’l shakli nutqni yanada ixchamlashtiradi, so`zlar tejaladi (Agar turk tilida ushbu shaklni rus tilidagi muqobili bilan qiyoslaydigan bo`lsak, ushbu shaklning turk tilida nechog`li samarali ekaligiga amin bo`lamiz. Masalan: Öğretmen öğrencilere kompozisyon yazdırdı gapini ruschaga shunday tarjima qilish mumkin:Учительзаставилстудентовнаписатьсочинение(Öğretmen öğrencileri kompozisyon yazmaya mecbur etti). Holbuki, bu yerda hech qanday majburlash yo`q. Faqat rus tilida ushbu gapni turk tilidagi singari ixcham ifoda etish qiyin).




Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin