Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə244/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

QAYTA EKSPERTIZA – ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda o‘tkaziladigan ekspertiza turi.

QO‘SHIMCHA EKSPERTIZA – ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadigan va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza turi.


R


RAD QILISHLAR – muayyan protsess ishtirokchilarining jinoyat ishi yurituvida ishtirok etishga monelik qiladigan asoslar mavjud bo‘lganda, mazkur ishtirokchi o‘z-o‘zini rad etishi yoki rad etilishi zarur.

REABILITATSIYA (lot. rehabilitatio – yaroqliligini tiklash)reabilitatsiya deganda boy berilgan huquq va imtiyozlarni qaytarish, noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ozodlikdan mahrum etish, aybsiz shaxslarni nohaq hukm qilish bilan bog‘liq huquq cheklanishlarini bartaraf etish, shuningdek kelgusi vaqtga huquqiy layoqatni tiklash.


S


SUDDA ISH KO‘RISHNING PROTSESSUAL TARTIBI – sud ishlarini yuritish bosqichlariga amal qilgan holda protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rilishi.

SANKSIYA (lot. sanctio – qat’iy qaror) – huquqbuzarga nisbatan qo‘llaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora bo‘lib, huquqda sanksiya quyidagi to‘rt asosiy turga: a) jinoiy-huquqiy; b) ma’muriy- huquqiy; v) intizomiy-huquqiy; g) mulkiy sanksiyalarga bo‘linadi.

SUD – O‘zbekiston Respublikasida jinoyat, fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.

SUD ZALI – sud majlisini o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan sud binosining alohida xonasi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin