JINOYAT ISHINI QO‘ZG‘ATISH ASOSLARI – ijtimoiy xavfli qilmish haqida berilgan ariza yoki xabarda keltirilgan hodisada jinoyat alomatlarining mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar majmui.
JINOYAT ISHINI QO‘ZG‘ATISH SABABI – Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan va o‘zida tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida ma’lumot beradigan manbalar.
|
JINOYAT ISHINI QO‘ZG‘ATISH HAQIDAGI QAROR – muhim protsessual hujjat bo‘lib, surishtiruv organi, tergovchi, prokuror tomonidan chiqariladi, uchta qism – kirish, tavsiflash-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
|
JINOYAT ISHINI QO‘ZG‘ATISHINING SUBYEKTLARI – O‘zbekiston Respublikasida j.i.q.s. Jinoyat-protsessual kodeksiga asosan surishtiruvchi, tergovchi va prokuror hisoblanadi.
|
JINOYAT ISHINI QO‘ZG‘ATISHNI RAD ETISH – jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ish yuritishni istisno etuvchi holatlar (Jinoyat-protsessual kodeksi
83-moddasi 1- va 2-bandlari va 84-modda 1-, 3–8-bandlari) aniqlangan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qaror chiqarish orqali jinoyat ishini qo‘zg‘atish maqsadga muvofiq emasligini belgilashdir.
|
JINOYAT ISHI UCHUN MUHIM BO‘LGAN FAKTIK MA’LUMOTLAR – jinoyat hodisasi haqida xabar beruvchi jinoyat ishida dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar.
|
JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA EKSPERTIZA – sud ajrimi yoki tergov organlari qaroriga asosan tayinlanadigan, jinoyat ishi uchun muhim bo‘lgan faktik ma’lumotlarni aniqlash maqsadida tadqiqot uchun yuborilgan obyektlarni ekspertning fan, texnika, san’at, kasb-hunar sohalari bo‘yicha maxsus bilimlardan foydalanib tekshirishi va uning bu haqdagi bahosi aks etgan xulosa berishidan iborat protsessual harakat.
|
|