ISBOTLASH VOSITALARI – taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosasi bilan aniqlanadi.
ISBOTLASH JARAYONI – jinoyat-protsessual qonun asosida haqiqatni aniqlash va jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish uchun obyektiv voqelikning faktlarini dalillar yordamida isbotlash, bilish va hujjatli qayd etish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir.
|
ISBOTLASH MAJBURIYATI – deganda tegishli shaxslarning dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha zarur xulq-atvorining nazarda tutilgan hajmi tushuniladi.
|
ISBOTLASH SUBYEKTLARI – isbotlash majburiyati yuklatilgan muayyan mansabdor shaxslar.
|
ISHNI SUDDA KO‘RISH UCHUN TAYYORLASH – jinoyat ishini sudda mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy choralarning ko‘rilishi.
|
ISHDA ISHTIROK ETISHIGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR – jinoyat protsessi ishtirokchilarining xolisligi, beg‘arazligiga va ish bo‘yicha adolatli hamda qonuniy qaror qabul qilish yoxud protsessual harakatlarni amalga oshirishiga nisbatan shubha tug‘diradigan Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan obyektiv va subyektiv holatlar.
|
ICHKI ISHONCH – ish bo‘yicha hal qilinayotgan yoki rad etilayotgan dalillarning birdan bir to‘g‘riligini anglash, o‘z fikrlari haqiqiyligiga qat’iy asoslangan ishonchga ega bo‘lish demakdir.
|
|