JINOYAT PROTSESSIDA BOSQICHLAR – bu protsessning bir tomondan, o‘zaro bog‘liq va ikkinchi tomondan, nisbatan mustaqil bo‘lgan qismlari bo‘lib, bir-biridan yakuniy protsessual qarorlariga hamda bevosita vazifalariga (jinoyat sud ish yurituvi maqsadidan kelib chiquvchi), ish yurituvida ishtirok etayotgan shaxslar va organlarga, protsessual faoliyatni (protsessual tartib-taomillarni) amalga oshirish tartibiga (shakliga) hamda jinoyat-protsessual munosabatlar xususiyatiga qarab farqlanadi.
JINOYAT ISHI BO‘YICHA ISBOTLANISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR – jinoyat-protsessual qonuniga ko‘ra jinoyat ishi bo‘yicha muhim deb hisoblangan har bir holat to‘la, har tomonlama, xolisona tekshirilishi lozim. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad haqiqatni aniqlashdir. Haqiqat bosqichma-bosqich isbotlash asosida amalga oshiriladi. Isbotlash jarayoni dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat.
|
JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI – jinoyat protsessi ishtirokchilari quyidagi guruhlarga bo‘linadilar: 1) jinoyat ishi yurituviga mas’ul bo‘lgan organlar va shaxslar; 2) jinoyat ishini yuritishda ishtirok etadigan jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari; 3) jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar, himoyachilar va vakillar; 4) jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar. Ushbu guruh a’zolari – guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolis.
|
JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI – jinoyat ishlari yurituvining xarakteri va o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek dastlabki tergov va sudda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi huquqiy qoidalar va tamoyillar.
|
JINOYATLARNING OLDINI OLISH – asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, tergovchi, prokuror va sud zimmasiga jinoyatning asosiy sabablarini, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, qonunlar bajarilishini nazorat qilish.
|
|
Dostları ilə paylaş: |