JINOYAT PROTSESSI – surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi yurituvi boshqa ishtirokchilarining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasi, sud qaror, ajrim va hukmini qayta ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab olgan qonun bilan tartibga solingan faoliyat.
JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI – jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasini o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi tartib-qoida va normalarning qonunda mustahkamlangan tizimini, ya’ni jinoyat ishi yurituvi vazifalari amalga oshiriladigan zarur huquqiy tartib-taomillarni ifodalaydi.
|
JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQINING UMUMIY QISMI – barcha jinoyat protsessiga yaxlit holda yoxud uning aksariyat bosqichlari va institutlariga taalluqli bo‘lgan asosiy tushunchalarni belgilab beradigan jinoyat-protsessual huquqi qismi. Umumiy qismda protsessual qonunchilikning vaqt, hudud va shaxslar doirasida amal qilishi, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, hokimiyat organlarining vakolatlari, dalillar va isbot qilish instituti, ularni to‘plash, tekshirish va baholash, protsessual majburlov choralari va boshqa umumiy institutlar va masalalar tartibga solingan.
|
JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQINING MAXSUS QISMI – jinoyat protsessining alohida bosqichlari va ularni amalga oshirish tartibini belgilab beradigan jinoyat-protsessual huquqi qismi. Unda alohida protsessual harakatlarni o‘tkazish qoidalari tartibga solingan. Maxsus qismning o‘zini shartli ravishda turdosh huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi to‘rt mustaqil institutlarga ajratish mumkin: sudga qadar ish yuritish; sudda ish yuritish; alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish; jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
|
|
Dostları ilə paylaş: |