Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1.37 Mb.
səhifə13/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1.37 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Birinchi bosqich, 1991 – 2000 yillar: birlamchi konstitutsiyaviy islohotlar va milliy huquqiy davlatchilik hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining asoslarini shakllantirish bosqichi. Bu bosqichda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining konstitutsiyaviy asoslari belgilab olinib, inson huquqlarini ta’minlash, ularga rioya qilish va himoya qilish davlat siyosati shakllandi. SHu yillarda O‘zbekiston BMTning inson huquqlari bo‘yicha 6 ta asosiy hujjatiga qo‘shildi.

Konstitutsiyaviy rivojlanishning birinchi bosqichi xususiyatlari quyidagilardan iborat:



birinchidan, barqaror konstitutsiyaviy tartib o‘rnatildi.

ikkinchidan, iqtisodiy sohada mulkchilikning barcha shakllari, jumladan, xususiy mulkning tengligi, tadbirkorlik erkinligi o‘rnatilib, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlari rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. erkinligisiz mavjud bo‘la olmaydi;

uchinchidan, siyosiy sohada ham huquqiy davlatchilikning eng zarur mezonlariga muvofiq erkinlik ta’minlandi. Mamlakatda siyosiy va mafkuraviy hurfikrlilik, so‘z va axborot erkinligi shakllandi. Fuqarolar jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan barcha siyosiy huquq va erkinliklarga ega bo‘ldi;

to‘rtinchidan, davlat tuzilishi sohasida huquqiy davlatchilikning muhim belgisi – hokimiyat vakolatlari bo‘linishi prinsipi asosida davlat organlari tizimi shakllantirildi.

2001 – 2010 yillarni qamrab olgan ikkinchi bosqich ham muhim ahamiyatga ega. Bu faol konstitutsiyaviy huquq ijodkorligi davri bo‘ldi. Bu bosqichning xususiyatlari quyidagilardan iborat:

birinchidan, qonun qabul qilishda davlat va mahalliy manfaatlarni e’tiborga oladigan ikki palatali parlamentni shakllantirish hamda faoliyat yuritish asosida qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va ta’sirini kuchaytirish;

ikkinchidan, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining qarorlar qabul qilishdagi rolini kuchaytirish, davlat tuzilmalari faoliyatining monitoringini amalga oshirishda nodavlat tashkilotlarning rolini oshirish;

uchinchidan, sud tizimini liberallashtirish va insonparvarlashtirishga qaratilgan tub islohotlar o‘tkazish, o‘lim jazosini bekor qilish, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, advokatura rolini oshirish;

to‘rtinchidan, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida ma’rifiy ishlarni rivojlantirish.

Ikkinchi bosqichda islohotlar natijasida mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi organi – ikki palatali Oliy Majlis shakllandi. Prezident vakolatlari bir qismining Senatga berilishi hamda Bosh vazir huquq va vakolatlarining kengaytirilishi, ikki palatali parlament vakolatini kengaytirish va qonun chiqaruvchi hamda ijroiya hokimiyatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Boshqacha aytganda, Konstitutsiya bir ijtimoiy-siyosiy tizimdan boshqa tizimga larzalarsiz o‘tishga yordam berdi, “o‘zbek modeli”ning mustahkam huquqiy asosiga aylandi.

Konstitutsiya barqaror bo‘lishi kerak, ammo u mutlaq o‘zgarmas, qotib qolgan dogma ham emas. U hayotga mos va xos ravishda, mamlakat taraqqiyotining burilish pallalari va xalq istak-xohishlariga ko‘ra muayyan tartibda o‘zgartirib turiladi. Bosh qomusimizning hayotiyligi ham aslida shunda. Hozirga qadar Konstitutsiyaga 6 marta o‘zgartishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar jamiyatda ijtimoiy islohotlar tadrijiy yo‘l bilan jadal amalga oshirilayotganligini anglatadi. Bu borada Konstitutsiyani o‘rganish borasida Prezidentimiz 2001 yil 4 yanvarda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishining ahamiyati nechog‘li yuksak ekanini e’tirof etish joiz.

Sud-huquq tizimidagi islohotlar. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarni shartli ravishda quyidagi 5 bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiq:

Birinchi bosqichda (1991-1995 yillar) – sud-huquq tizimini isloh kilishning milliy strategiyasi belgilab olindi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. Bunda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilinib, respublikadagi davlat idoralarining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilishi belgilab berildi.

Bundan tashqari, jahon tajribasi hisobga olingan holda mamlakatimizda birinchi marta Konstitutsiyaviy sud hamda xo‘jalik sudlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi (1992), “Sudlar to‘g‘risida”gi (1993) qonunlari, Xo‘jalik-protsessual kodeksi (1993), Jinoyat kodeksi (1994), Jinoyat-protsessual kodeksi (1994), Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (1994), “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan hatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi (1995), “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi (1995) va boshka qonunlar qabul qilindi.



Ikkinchi bosqichda (1996 – 1999 yillar) – mavjud tajriba va qonunchilikni tahlil kilish asosida sud-huquq tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tengligini ta’minlash maqsadida advokatura mavqeini ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasining Fukarolik kodeksi (1996), Fuqarolik-protsessual kodeksi (1997), Jinoyat-ijroiya kodeksi (1997), yangi tahrirdagi Xo‘jalik-protsessual kodeksi (1998), “Advokatura to‘g‘risida”gi (1997), “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi (1998) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik sudlari qarorlari ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilindi.



Uchinchi bosqichda (2000 – 2004 yillar) – sudlarni ixtisoslashtirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, odil sudlov sifatini oshirish, ishlarni ko‘rish muddatlarini qisqartirish, fuqarolik va jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishning apellyasiya tartibini joriy etish, kassatsiya tartibini isloh qilish, sud qarorlari ijrosini ta’minlashni takomillashtirishning huquqiy mexanizmlari yaratildi.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi (2001), “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat- protsessual kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2001) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 19 mart kungi “O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilindi.



To‘rtinchi bosqichning (2005 – 2010 yillar) asosiy vazifalari – mustaqillik yillarida to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini, insonning yashash huquqi hamda boshqa konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha huquqiy asoslarni takomillashtirish va aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 martdagi “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-24-sonli qarori bilan cud-huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mazkur Konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarning hayotga tatbiq etilishi borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmonida o‘lim jazosining jinoiy jazo turi sifatida bekor qilinishi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilishi nazarda tutilgan.



2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 avgustdagi “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlar vakolatiga o‘tkazilishi belgilandi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi “YUridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv dasturlarini tahlil qilish va baholash bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi bilan asosiy e’tibor sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mas’uliyatini kuchaytirishga qaratildi.

Mamlakatimizda advokatura faoliyatini demokratik tamoyillar asosida isloh qilish, ayblov va himoyaning tengligiga amalda erishish uchun bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bu boradagi dastlabki hujjatlar sifatida “Advokatura to‘g‘risida”gi va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunlarni keltirish mumkin. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yilning 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.



Beshinchi bosqich (2010 yildan keyin). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish mumkin. Hozirgi kunda Konsepsiyada ta’kidlangan takliflar asosida:

1) O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (qabul qilingan sana 25.12.2012; kuchga kirish sanasi 26.12.2013);

2) O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (qabul qilingan sana 24.12.2012, kuchga kirish sanasi 25.12.2012);

3) O‘zbekiston Respublikasining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (qabul qilingan sana 18.09.2012, kuchga kirish sanasi 19.09.2012);

4) “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 1 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2420);

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi;

7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

Xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimi islohoti doimiy rivojlanib borish xususiyatiga ega bo‘lib, davlatning strategik maqsadi va ijtimoiy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Bu borada 2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida rivojlantirishning quyidagi eng muhim ustuvor vazifa va yo‘nalishlari belgilab berildi:

– iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish;

– iqtisodiyotni va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;

– yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish;

– mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ishbilarmonlik muhiti jozibadorligini yanada kuchaytirish;

– yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandlik darajasini yanada oshirish;

– aholining hayot darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash.

Jahon xo‘jaligida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi kuchaymoqda. Bu o‘z navbatida jahon bozorida raqobat muhitini oshirib, moliyaviy beqarorlik davlatlarni milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish hisobidan barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘llarini izlashga undamoqda. 2000 – 2012 yillarda erishilgan iqtisodiy o‘sishning eng muhim belgisi uni barqaror darajaga egaligi hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “bizning qanday og‘ir qiyinchiliklar, muammo, tahdid va sinovlarni engib o‘tishimizga to‘g‘ri kelgani hammamizga yaxshi ma’lum. Lekin bularning barchasiga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti 20 yil davomida 3,5 barobardan ziyod o‘sdi. Agarki shu davrda mamlakatimiz aholisi qariyb 9 million kishiga ko‘payib, 30 millionga yaqinlashib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘tgan davr mobaynida yalpi ichki mahsulotning jon boshiga 2,5 barobar oshganining o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi. Bu haqda so‘z borganda, 2008 yildan buyon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida O‘zbekistonda 2008-2012 yillarda, ya’ni oxirgi besh yilda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’ati dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida 8,2 foizdan kam bo‘lmagan darajani tashkil etgani, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligi va mutanosibligi, davlat byudjeti va to‘lov balansining profitsit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zahiralarining ko‘payishi ta’minlanayotganini aytishning o‘zi kifoya. Osiyo taraqqiyot bankining ma’lumotlari bo‘yicha, mamlakatimiz aholisining daromadlari keyingi uch yilda 3 barobar ko‘paygan”.



6-rasm. YAlpi milliy mahsulotning o‘sish sur’ati (% hisobida).
YAIMning yillik o‘sish sur’ati 10 %zdan kam bo‘lmasa, mamlakat YAIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi. O‘zbekiston hukumati mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 2005 yildan boshlab amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ana shu talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda (6-rasm).

Ta’lim tizimidagi keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan maqsad yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan shu maqsadga erishish uchun mamlakatimizda 1997 – 2010 yillarda keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirildi. Uning zamirida aholining uzluksiz ta’lim olishini ta’minlash, 12 yillik majburiy ta’limga, jumladan, 9 yillik maktab ta’limi va undan keyingi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga bosqichma-bosqich o‘tildi. Bu davr oralig‘ida 1500 dan ziyod o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurib bitkazildi. Ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi va zamonaviy xalqaro talablarga mos holga keltirildi. 2004 – 2010 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi amalga oshirildi. Bu davr mobaynida 7800 tadan ziyod umumta’lim maktabi yangitdan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga etdi.
O‘zbek modeli”ning jahon ijtimoiy-siyosiy ta’limotlari taraqqiyotida tutgan o‘rni.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li – “o‘zbek modeli” o‘tgan davr mobaynida yurtimizda yashayotgan har bir inson, oila, butun jamiyatimiz hayotida sinovdan o‘tib, barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning bosh mezoniga aylandi. Ayniqsa, “o‘zbek modeli” mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yanada mustahkamlanib borayotgan ayni kezlarda dunyoning taraqqiy topgan demokratik davlatlar safidan joy olishdek ulug‘ maqsad ro‘yobiga ishonchimizni orttirmoqda.

Bu kabi ulkan marralarni zabt etishning mas’uliyatini teran anglash, unga daxldorlikni chuqur his etgan holda munosib yashash uchun safarbar etib kelinayotgan zarur imkoniyatlar jarayonida, avvalo, mustaqil va erkin fikrlaydigan, dunyo ilm-fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, zamon bilan hamnafas sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Mustaqillikning ilk davridan boshlab bu ezgu maqsad yo‘lida ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, sport sohalari rivojiga oid tizimli islohotlarning amalga oshirib kelinayotgani mamlakatimiz yoshlarini bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchiga aylanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda.

Har bir yurtning kuch-qudrati, intellektual salohiyati ta’lim tizimidagi islohotlarda namoyon bo‘ladi. YUrtboshimizning “YUksak marralarni ko‘zlagan har qanday millat, xalq uchun ta’limni rivojlantirish hayot va mamot masalasidir” degan so‘zlari zamirida ayni hayotiy haqiqat borligi ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Zero, fan-ta’lim jadal rivojlanib, inson tafakkurining yangi qirralari kashf etilayotgan ayni paytda O‘zbekiston ta’lim modeli ana shunday yutuqlarga integratsiyalashuv imkoniyatini berayotgani diqqatga sazovordir. Bu borada mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘l va bugungi kunimizni muqoyasa etsak, ayni yo‘nalishdagi muvaffaqiyatli qadamlarimiz zalvorini yanada kengroq tasavvur etamiz.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan esa ta’lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, jumladan, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli, malakali kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash jarayonini tubdan isloh qilish va uni jahon talablari asosida takomillashtirish ishlari izchil yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy va ilmiy-nazariy asosi bo‘lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur andoza uzluksiz ta’lim orqali yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, Vatan ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan, mustaqillik tamoyillariga sodiq barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadga xizmat qiladi. Eng muhimi, ta’lim tizimidagi uzluksiz milliy model maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini kompleks ravishda qamrab olganligi bilan xarakterlidir. Bunda, eng muhimi, kadrlar tayyorlash tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga mos ravishda tashkil etilishi ta’minlanmoqda.

Mamlakatimizda jahonning etakchi oliy o‘quv yurtlari filiallari tashkil etilgani yurtimizda ilm-fan sohasidagi ilg‘or yutuq va tajribalarni keng ommalashtirish, kadrlar malakasi va mahoratini yuksaltirishda alohida o‘rin tutmoqda. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, ayni vaqtda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining filiallarida talabalar jahon ta’limi standartlari bo‘yicha ta’lim olayotgani e’tiborga molikdir. SHuningdek, ta’lim muassasalarining Evropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, YAponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, YAponiya, Xitoy va boshqa davlatlar oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorlik tobo

Kadrlar tayyorlash milliy modelidan mustahkam o‘rin olgan jismona sog‘lom, ma’nan barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish ezgu g‘oyasi mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar samarasida h am o‘z aksini topmoqda. ra kengayib bormoqda.



SEMINARLAR UCHUN MATERIALLAR
1 – mavzu. Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik Milliy g‘oya va mafkura paradigmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari.

Mavzuning maqsadi: Turli xil g‘oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari to‘g‘risida to‘liq tushuncha xosil qilish.

Talaba bilishi lozim: 1. G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlari.

2.Ideologiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti.

3.Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati.

4.Turli xil g‘oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari



Motivatsiya: Milliy g‘oyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, insoniyat taraqqiyotida turli xil g‘oyalarning va mafkuralar turlarining yaratilishi, ularning asoslari qaerdaligini bilishdan iborat.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar,psixologiya hamda dinshunoslikning 6,7-mavzulari bilan bog‘liq.

Dars usullari



O‘quv topshiriq:

Berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida blits o‘yin o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinda talabalar guruhlarga bo‘lingan xolda jadvalni to‘ldirishlari kerak.

Jadval algoritmik ketma-ketlikda to‘ldiriladi. Avval talaba yakka xolda fikrlarning ketma-ketligini belgilaydi so‘ngra gurux bilan ketma-ketligini belgilaydi. O‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri ketma-ketlik e’lon qilinganidan keyin talaba yakka va guruxdagi xatosini to‘g‘rilaydi. Katta sondan kichigini ayiradi. Jami ballar soni xisoblanadi. Kam natija to‘g‘ri javob xisoblanadi.

Gurux

baxosi


Gurux xatosi

To‘g‘ri

javob


YAkka xato

YAkka

baxo


Fikrlar tartibi
















Paradigma nima?
















Milliy dunyoqarash
















“Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” iborani qanday tushinasiz?
















Inson faolligi
















G‘oyalar shakllanishi
















Milliy mafkura va dunyoqarash
















Diniy e’tiqod
















Milliy mentalitet
















Xalq e’tiqodi shakllanadi
















Milliy ong
















Ozodlik
















Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar va plyuralizm


Dostları ilə paylaş:

1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə