Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1.37 Mb.
səhifə18/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1.37 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Immunitet – lotincha (immunitatis) so‘zidan olingan bo‘lib, biror narsadan xalos, ozod va forig‘ bo‘lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusga, dardga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. “Immunitet” so‘zining ma’nosi organizmning doimiy ichki barqarorligini saqlash uning turli xususiyatlarga va ta’sirlaridan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligini dildiradi. SHuningdek, u daxlsizlik ma’nosini xam anglatadi, (masalan, deputatlik immuniteti, diplomatik immuniteti).

Immunitet turlari – aslida organizmni infeksion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo‘yicha uchga bo‘linadi:

1. Filogenetik immunitet – anatomik va fiziologik belgisiga ko‘ra nasldan naslga o‘tadigan himoyaviy rezistentligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli bo‘ladi.

2. Tug‘ma immunitet – (turga xos, tabiiy), nisbatan chidamli, nasldan naslga o‘tadigan xarakterga ega.

3. Orttirilgan immunitet – hayot davomida orttirilgan immunitet. U o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Uning namoyon bo‘lishi uchun ichki yoki tashqi g‘oyaviy ta’sir bo‘lishi kerak.

Apologetika - yunoncha apologetikos - ximoya qilish ma’nosini anglatadi. Iloxiyotda tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni ximoya qilish va oklash bilan bog‘liq bo‘lgan soxa. Dinning mohiyatini akidalar tizimi xususiyatlari, axlokiy prinsiplari, ijtimoiy xayotdagi roli va ahamiyatini taxlil klish asosida uni falsafiy materialistik va genetik tankiddan ximoya klishni o‘z oldiga asosiy vazifa kilib kuyadi.

Mafkuraviy immunitet – ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg‘unchi xarakterdagi g‘oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘l keladi. Davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. “Mafkuraviy immunitet” tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta’rif bergan: (2000 y 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida - “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli suxbatida) “Ma’lumki har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur” (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 494-bet)

Mafkuraviy profilaktika – xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmui, ya’ni ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.

Mafkuraviy immunitet tarkibi:

1. mafkuraviy bilim;

2. his-tuyg‘u;

3. iroda;

4. ko‘nikma;

5. malakalar



Ma’naviyat, axloq - odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir. Ma’naviyatni axloq - odobsiz va ma’rifatsiz, ma’rifatni esa ma’naviyatsiz va axloq - odobsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra botinan bir - biri bilan chambarchas uzviy bog‘liq hamda yaxlit tizimdir.

Milliy g‘oyaning umumbashariy tamoyillari - milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo‘lish;

  • urush olovini yoqish, o‘zga millatlarga zulm o‘tkazishdan xoli bo‘lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik;

  • adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini o‘zida ifoda ettirish;

  • jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga etkazishda ma’naviy-ruhiy omil bo‘lish;

  • insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish;

  • diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini o‘zida ifodalash;

  • inson xaq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish;

  • qonun ustvorligini, millatlararo hamjihatlilikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo‘lish;

  • har bir millatning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘z millati erishgan yutuqlarini ularga etkazish;

vayronkor va turli g‘arazli g‘oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g‘oyalar rivojlanishining omili bo‘lish kabilardir. Ular o‘z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g‘oya uchun xos bo‘lgan umuminsoniy tamoyillardir.

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g‘oyasining negizlari

Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakatdir.

Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir.

Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.

YOshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari- Bunday odamlarning ma’naviy dunyosi juda “mo‘rt” va moddiylik asosiga qurilgan. Bir tomonlama, insoniy mohiyatdan yiroq, Vatanidan begona “meni”ga egadir. Har bir inson o‘z “meni”ga albatta ega bo‘lishi tabiiy holat. Lekin uning “meni” boshqa “insonlar” “meni” bilan, xalqi, millatining “borlig‘i” bilan mushtarak holda shakllanadi. Haqiqiy Vatanparvar insonlar o‘zining “meni”ni Vatanining taqdiridan, millati, xalqining madaniy qadriyatlaridan, orzu-istaklaridan ayri holda tasavvur eta olmaydi. “Men”ning o‘ziga xosligi ana shu milliy ruhiyatga tayansa, unga amal qilib umuminsoniy mohiyat kasb etsagina kishi o‘zining haqiqiy “meni”ga ega bo‘ladi. Albatta har bir inson uchun Vatandan aziz va mo‘‘tabar, muqaddas makon yo‘q. Vatan degani kindik qoni to‘kilgan shunchaki joy emas, u undan ko‘ra aziz bo‘lgan xalqining o‘tmishi, buguni va kelajagi hamdir. SHuning uchun ham “Vatan” muqaddas. Vatan uchun har bir inson o‘zligini baxshida etsa, Vatan obodligi, ozodligi yo‘lida, o‘zining farzandlik burchini ado etgan bo‘ladi. “Vatan uchun chala ish qilib bo‘lmaydi”. Vatan uchun chala ish qilish, bu eng katta gunohdir. YOki, uning uchun hech narsa qilmaslikdir.

Erkin hayot - bu insonning o‘zi ixtiyori, qobuliyatini erkin namoyon etish va eta olishidir. Hayot erkin bo‘lgan joyda taraqqiyot bo‘ladi. SHunda inson o‘z salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobuliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, o‘zi sevgan kasb, mehnat faoliyatini erkin tanlash bilan shug‘ullanishga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir. Bu farovon hayotga erishishning muhim o‘lchovidir. Ana shunday hayotni yaratishni o‘zining oldida maqsad qilib qo‘ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo‘ladilar. Bu uning milliy istiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi ekanligi, shubhasiz chuqur falsafiy ma’no va ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston 2015.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. «Barkamol avlod yili» Davlat

dasturi to‘g‘risida. 2010 yil 27 yanvar, P.-1271-son.

3.“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish konsepsiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma



majlisidagi ma’ruzasi. 2010 yil 12 noyabr.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

1.Karimov I.A. Asarlar to‘plami.1-23 tomlar. - T.:O‘zbekiston, 2015.

  1. Abilov U. O‘zbekiston taraqqiyotining optimistik ruxi (Ma’naviy- mafkuraviy, g‘oyaviy asoslari) -T.:“Istiqlol”, 2003.

  2. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik / Asqar Maqkam tarjimasi. -T.:“SHarq”, 2001.

  3. Azamat Ziyo.O‘zbek davlatchiligi tarixi. -T.:SHarq, 2000.

  4. Boboev X,. O‘zbek davlatchiligi tarixi. -T.:Fan, 2004. 1-kitob.

  5. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. -T.: 2002.

  6. Byukenen T. Smert Zapada. -M.:Gardariki, 2004.

  7. YOkubov A. “Qutadgu bilig”da davlatchilik konsepsiyasi. -T.:“Meros”, 1997.

  8. Gafarli M.M. Kasaev A.CH. Rivojlanishning o‘zbek modeli: tinchlik va barkarorlik - taraqqiyot omili. -T.:O‘zbekiston, 2000.

  9. Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana. V tryox tomax. -T.:Uzbekiston, 2009.

  10. Islomov Z.M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga. -T.: 2002.

  11. Mamashokirov S., Tog‘aev SH. Erkin va farovon xayot qurilishining g‘oyaviy- mafkuraviy masalalari. -T.:“Ma’naviyat”, 2007.

  12. Milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T.: 2002.

  13. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. -T.: 2002.

  14. Milliy istiqlol g‘oyasi (Uzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat boskichi uchun darslik). -T.:“Akademiya”, 2005.

  15. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Uquv qullanma). - T.:“YAngi asr avlodi”, 2002.

  16. Milliy istiqlol g‘oyasi: nazariya va amaliyot. -T.:“Ijod dunyosi”, 2002.

  17. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. - T.:O‘zbekiston, 2007.

  18. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.:“Universitet”, 2001.

  19. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari. -T.:“SHark”, 2001.

  20. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at. -T.:“SHark”, 2000.

  21. Nazarov K. Ergashev I. Milliy g‘oya va rahbar ma’naviyati. -T.:Akademiya, 2007.

  22. Ravshanov F. Ma’naviy taraqqiyotga tahdidlar. -T.:“Muharrir”, 2010.

  23. Tog‘aev SH. Milliy g‘oyaning davlat va jamiyat qurilishiga doir mazmunini yoritish masalasi (Uquv-uslubiy qullanma). -T.:TAQI bosmaxonasi, 2007.

  24. Eshov B. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi. -T.:“MARIFAT”, 2009.

  25. O‘zbekistonda davlat qurilishi sohasidagi islohotlar va huquqiy siyosat: rivojlanish bosqichlari, erishilgan natijalar va istiqbollar. - T.:“Akademiya”, 2010.

  26. O‘zbekiston: siyosiy islohotlar strategiyasi, erishilgan natijalar va istiqbollar. -T.: “Akademiya”, 2010.

  27. Uljaeva SH. Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi. -T.“Fan”, 2005.

  28. Karshiboev M. Taraqqiyotning o‘zbek modeli. -T.:“Ijod dunyosi”, 2002.

  29. Xasanov S., Dustjonov T. O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lida. -T.: 2004.



Internet saytlari


  1. www.gov.uz.

  2. www.press-service.uz.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. www.filosofiya.ru.

  6. www.philosophy.nsc.ru.

  7. http // philosophy.albertina.ru.

  8. www.history.ru.

  9. www.philosophy.com.



1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» фани бўйича таълим дастурларини яратиш ва республика таълим тизимига жорий этиш тўғрисида»ги Фармойиши. «Маърифат» газетаси. 2001 йил 20 январь.


Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə