Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
IX BOB. DETALLARNI GALVANIK VA KIMYOVIY 
QOPLAMALAR YORDAMIDA TIKLASH 
 
9.1. Galvanik jarayonning mohiyati 
 
Galvanik
qoplash elektr tok ta‘sirida metall tuzlarining eritmasidan 
metallarning ajralib olish xossasiga asoslangan. Detal tok manbaining 
manfiy qutbiga (katodga) ulanganda, uning yeyilgan sirtiga metall o‗ti-
radi. Tok manbaining musbat qutbiga ulangan anod ikkinchi elektrod 
sifatida xizmat qiladi. Ikkala elektrod ajraladigan metall tuzlarining 
eritmasiga joylanadi. Galvanik va kimyoviy qoplamalar detalning 
yeyilgan joyini to‗ldirish uchun yotqiziladi, shuningdek ulardan 
zanglashdan saqlaydigan yoki pardoz qoplamalar sifatida foydalaniladi. 
Galvanik qoplash usullaridan xromlash, temirlash, nikellash, ruxlash va 
mislash, kimyoviy qoplash usullaridan esa, oksidlash va fosfatlash keng 
qo‗llaniladi. 
Galvanik 
qoplamalar 
detalga 
yotqizilishi 
zarur 
bo‗lgan 
metallarning suvdagi eritmasidan tuzilgan elektrolitlardan olinadi. 
Bunda detal katod, metall plastina esa anod vazifasini bajaradi. 
Elektrolitdan tok o‗tganda katod (detal) ga metall o‗tiradi, anod esa 
eriydi. Detallarga qoplama yotqizish texnologik jarayoni detallarni 
qoplama yotqizishga tayyorlash, qoplama yotqizish va qoplama 
detallargi ishlov berishdan iborat.
Galvanik qoplamalar detallarni ortiqcha qizdirib yubormagan holda 
yeyilgan sirtlarni to‗ldirish va ularni boshlang‗ich o‗lchamlariga keltirib 
tiklash imkonini beradi. 
Metallarni galvanik va kimyoviy qoplash usullari avtomobillar 
ta‘mir qilinadigan korxonalarda yeyilgan detallarnining ishlash imko-
niyatini tiklashda, ularning yeyilishga chidamliligini ta‘minlashda, 
ishqalanib ishlaydigan detallarning bir-biriga moslashishini yaxshilash, 
shuningdek, detallarni korroziyadan himoya qilish va bezash 
maqsadlarida qo‗llaniladi. 


174 
- Detallarni ishlash qobiliyatini galvanik qoplamalar bilan tiklash 
boshqa usullarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 
detallarning strukturasi va mexanik xususiyatlariga ta‘sir etuvchi 
termik ta‘sirning yo‗qligi; 
- qoplamaning kerakli qalinligini katta aniqlikda vujudga keltirish; 
- bir vaqtning o‗zida katta patiyadagi detallarni ishlash imkoni-
yatlarini tiklash. 
Galvanik qoplamalar bilan tiklashda ishlatiladigan ikkinchi tur 
o‗tkazgichlar, ya‘ni kislota, ishqor, tuz va boshqa kimyoviy birikma-
larning suyuqlanmalari yoki eritmalari elektrolitlar deyiladi. 
Elektrlitlar suvda eritilganda dissotsiatsiyalanadi – ularning mole-
kulyari ionlarga ajraladi. Musbat zaryadli ionlar qotionlar, manfiy 
zaryadli ionlar esa anionlar deb ataladi. Elektrolitlarning eritmalaridan 
elektr toki o‗tkazilganda elektroliz sodir bo‗ladi (9.1-rasm). 
Qotionlar manfiy zaryadli elektrodga–katodga. Anionlar esa 
musbat 
zaryadli 
elektrodga-anodga 
ko‗cha 
boshlaydi. 
Ionlar 
elektrodlarga yetib borib, ularga o‗z zaryadlarini beradida, atomlarga 
yoki atomlar gruppalariga aylanadi, bunda ionlarning zaryadlar bilan 
bog‗lik bo‗lgan xususiyatlari yo‗qoladi. Neytral atomlar yoki atomlar 
gruppasi eritmada ajralib chiqadi yoxud suv, elektrodlar materiali bilan 
yoki bir-biri bilan reaktsiyaga kirishadi. Buning natijasida elektrolizning 
yangi ikkilamchi mahsulotlari hosil bo‗ladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin