180
Xromli qoplama juda qattiq bo‗lib, unig
yeyilishiga chidamliligi
toblangan po‗latnikidan 2...3 marta ortiq bo‗ladi.
Xromlash usulida qoplashning kamchiliklariga quyidagilarni
ko‗rsatish mumkin: jarayonining nisbatan kam unumligi (0,3
mm/soatdan oshmaydi); kuchli yeyilgan detallarni (0,3...0,4
mm dan
qalinroq) tiklash mumkin emasligi; usulning qimmatligi.
Qoplash sifati anodlarning shakli va o‗lchamlariga, shuningdek,
ularning katod (detal) ga nisbatan joylashishiga ko‗p jihatdan bog‗liq.
Xrom qatlamining tekis qoplanishi anodlar soniga va kuch chiziqlarining
joylashishiga bog‗liq. Detal xromlangandan so‗ng
yuviladi, uning sirti-
dagi elektrolit
qoldiqlari ketkazilib, oqar suvda qayta yuviladi. Osma-
lardan olingan detallar quritish xonasida (javonlarda) yoki qizdirilgan
qipiqlarda quritiladi. Natijada xromlangan silliq qoplama hosil bo‗ladi.
Tayyorlash
ishlarining murakkabligi, jarayonning uzoq davom
etishi sababli 0,3 mm dan ortiq yeyilgan
detallarni tiklash mumkin
emasligi, jarayon qimmatligi, tokning ko‗p
sarflanishi, xromlangan
qatlamning yomon moylanishi xromlash usulining kam qo‗llanilishiga
sabab bo‗lmoqda.
Dostları ilə paylaş: