216
Qizdirishning lazerli manbalarining
uncha qimmat turmaydigan
issiqlik manbalariga birlashtirib lazer yordamida payvandlash samara-
dorligini ortishiga erishiladi. Chunonchi, lazer-yoy yordamida payvand-
lashda jarayonning ish unumdorligi bir necha marta ortadi.
Lazer yordamida kesish.
SO
2
– lazerning uzluksiz nurlantirishi
ta‘sirida kechadigan bug‗lanish jarayonidan iborat. Lazerning quvvati
ortishi bilan materialni kesishni ta‘minlash
uchun inert gazlarni
puflashdan foydalaniladi, ular kesilgan sirtlarning tozaligini ta‘minlaydi.
Lazer yordamida kesishni yuqori aniqlikda bajarish va termik ta‘sir
zonasi minimalligida tor kesiklar hosil qilish mumkin. Lazer
nurlanishini boshqarish oson va nisbatan bo‗lganligidan murakkab
kontur bo‗yicha kesishga va yuqori darajada avtomatlashtirishga imkon
beradi.
Lazer yordamida toblash:
quvvatining zichligi 10
3
...10
4
Vt
SM
2
va davomiyligi 0,1..100 s bo‗lgan impulsli rejimda ham,
uzluksiz
rejimda ham amalga oshiriladi. Toblash sirtni eritib va eritmasdan
kechishi mumkin.
Sirtni eritmasdan lazer yordamida toblashda sirtning mikrogeomet-
riyasi saqlanadi, shu tufayli keyingi ipshov berishga qojat qolmaydi,
sirtni eritib toblashda esa sirtning dastlabki
mikrogeometriyasi juda
yomonlashadi, shuning uchun keyinga mexanik shplov berish zarurati
tuqiladi.
Lazer yordamida toblashning boshqa toblash usullariga qaraganda
quyidagi afzalliklari mavjud:
1) har qanday shakldaga sirtlarni, murakkab konfiguratsiyali
buyumlarda yetish qiyin bo‗lgan joylarni (uyiqlarni, teshiklarni)
puxtalash imkoniyati borligi;
2) qizdirishning lokalligi, termik ta‘sir zonalarining kichikligi;
3) nurlanish ta‘sirining kontaktsizligi, bu esa
har qanday materialni
puxtalashga imkon beradi;
4) yuqori ish unumdorliliga va tejamliligi;
5) katta termik jihozlar va sovituvchi muhitning yo‗qligi, bu esa
ishlab chiqarish madaniyatini oshiradi va
mehnat sharoitlarini yaxshi-
laydi;
6) vakuumda, inert va faol gazlar muhit termik ishlov berish
mumkinligi.
217
Lazer yordamida toblash natijasida sirtning yuqori qotgikligiga va
strukturaning yuqori
dispersligiga erishiladi, ishqalanish koeffitsiyenti
kamayadi, sirt qatlamlarining ko‗tarib turish qobiliyati ortadi va boshqa
parametrlar o‗zgaradi.
Kesuvchi asboblarni puxtalash uchun lazer yordamida impulsli
nurlantirish bilan toblash qo‗llanadi. Amalda R18, R6M5, U8, U10,
XVG, X12, IIIx15 po‗latlaradan tayyorlangan keskichlar, yoygichlar,
parmalar,
frezalar, metchiklar va hokazolarni lazer yordamida impulsli
toblashjarayonlari ishlab chiqilgan va ulardan foydalanilmoqda.
Toblashdagi yuqoriroq ish unumdorligi uzluksiz nurlanuvchi
lazerlar yordamida ta‘minlanadi, bunda detada eni 1 dan 10 mm gacha
bo‗lgan polosalar ko‗rinishidagi toblangan uchastkalar hosil bo‗lada.
Sirtni eritmasdan po‗lat va Cho‗yanlarni
toblashda eng yuqori
puxtalanish chuqurliga 2,0 mm ga yetada, eritib toblashda esa chuqurlik
ortadi. Katta sirtlarni ishlashda puxtalangan polosalar bir-birini yoki bir-
birini ma‘lum masofada yotqizilada.
Ishqalanish sirtlarini lokal puxtalash uchun detallarni deformat-
siyalanmaydigan qilib, lazer yordamida toblashni maqsadga muvofiqdir.
Ko‗picha qurilma tarkibiga himoya gazini ishlov berish zonasiga
puflash sistemasi va kukunni uzatash qurilmasi ham kiradi (eritish rejimida
ishlash yoki sirtni legirlash uchun). Lazer lazerli texnologik qurilmaning
asosiy elementi bo‗lib, undan foydalanish parametrlarini belgilaydi.
Lazer texnologik qurilmaga (11.4-rasm) asosiy element sifatida lazer-
ning o‗zi ta‘minlash bloki bilan, lazer nurini eltish va fokuslash uchun optik
sistema, ishlov beriladigan detalni
pozitsiyalash sistemasi, qurilmani
boshqarish va uning parametrlarini nazorat qlish sistemasi kiradi.