Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Lazerli texnologik qurilmaning sxemasi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

11.4-rasm. Lazerli texnologik qurilmaning sxemasi:
1-lazer; 2-optik sistema; 3-himoya gazni uzatish sistemasi; 4-tashuvchi 
gazni uzatish sistemasi; 5-o„tkaziladigan materialni uzatish sistemasi;
6-ishlov beriladigan detal; 7-ishlov beriladigan detalni siljitish 
qurilmasi; 8-yordamchi energiya manbai; 9-boshqarish pult. 
Fokuslangan lazer nurining ishlov beriladigan sirtga nisbatan 
harakatlanishida issiqlik rejimini qatiyan saqlash uchun, tabiiyki, lazerli 
nurlanishning burchak turg‗unligiga emas, balki lazer quvvatining 
gurqun bo‗lishini ham shart qilib qo‗yadi. 
Zamonaviy lazerli texnologik qurilma uchun eng keng tarqalgan 
optik sistema burilma ko‗zgular to‗plami (bular yordamida lazer nuri 
ishlov beriladigan detalga eltiladi) va sirtni lokal qizdirilishida doiraviy 
doq shakllantiruvchi fokuslovchi linzali obyektivdir. 
Lazerli texnologik qurilmalarning turli konstruksiyalarida detalning 
qo‗zqalmas fokuslangan nur ostidan (katta quvvatli lazerlardan foydalanil-
ganda) siljitilishidan ham, nurning qo‗zg‗almas sirt bo‗ylab siljitilishidan 
ham, shuningdek, har ikkala siljish qo‗shilmasidan ham foydalaniladi. 
Gaz puflash va ishlov berish zonasiga legirlovchi yoki eritib 
qoplanadigan materialni uzatish sistemalari, odatda, fokuslovchi element 
bilan bitta blok qilib birlashtiriladi. 
 
11.2. Elektron- nur va magnit-impulsli payvandlash (ishlov berish) 
 
Bu usuldan turli qalinlikdagi (0,01-100 mm), suyuqlanishi qiyin 
bo‗lgan (Mo, W, Ti va boshqalar) va kimyoviy aktiv materiallar (Zr, Ur, 
Be va boshqalar) hamda ularning qotishmalarini payvandlashda foyda-
laniladi. Bu usul vakkum kameraga kiritilgan metallarning payvandlash 
joyiga bir necha soniya davomida elektron-nur yuborilganda kristallanib 
payvandlanadi. Buning uchun payvandlanuvchi metallarni 13310
-4
-
13310
-5
Pa bosimli vakuum kameraga kiritib, ularning payvandlanish 
joyiga elektron to‗pi deb ataluvchi qurilmaning volfram o‗ramli spiral
katodiga transformatordan 10-35 kV tok yuborilganda u tezda 25000 
0

qizib, qzidan, o‗zidan juda katta tezlikda 94-5 km/s) elektronlar ajratadi. 
Ular elektromagnet linzadan o‗tganda katta konsentratsiyali nurga o‗tib, 
payvandlanuvchi metall (anod) yuziga (0,1-20 mm
2
) yo‗nalganda, uni 
bombardimon qiladi. Natijada nurning kinetik energiyasi issiqlik ener-


219 
giyasiga aylanib ko‗p miqdorda issiqlik (5000
0
- 6000
0
C) ajraladi. Bu 
energiya darhol bu yuzani suyuqlantiradi va nur olinishi bilan bu 
uchastka kristallanib payvandlanadi. 
Magnitli ta‘sir ettirishdi modda o‗zining fizik va mexanik 
xossalarini o‗zgartiradi. Magnit-impulsli ishlovdan o‗tgan ferromagnet 
detallar xossalarining yaxshilanishiga tashqi maydon bilan erkin
elektronlarining yo‗naltirilgan mo‗ljali tufayli erishiladi, buning 
natijasida materialning issiqlik va elektr o‗tkazuvchanligi ortadi. 
Impulsli magnit maydonining tok o‗tkazuvchi materialdan tayyor-
langan buyum (zagatovka, kesuvchi asbob yoki detal) bilan o‗zaro
ta‘sirlashuvchi moddaning energetik bir jinslimasligi qancha yuqori
bo‗lsa, shuncha jadalroq o‗tadi. Shuning uchun metall buyumlarda sirtqi 
va ichki kuchlanishlar konsentratsiyasi qachon yuqori bo‗lsa, ularda 
tashqi maydonning mikrouyurmalanishining lokal konsentratsiyalanishi 
ehtimoli shuncha yuqori bo‗ladi va moddada reaktsion jarayonlarining 
o‗tishi shuncha davomiyliroq bo‗ladi. Detallarni tayyorlashda yoki 
tiklashda materialda ortiq energiyaning biror miqdori notekis 
konsentaratsiyalanadi, bu energiya ortishi bilan ularning yemirilishi 
ehtimoli yuzaga keladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin