Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Polimer materiallar 


223 
Traktor detallarini ta‘mirlashda polimer materiallardan keng 
foydalaniladi. 
Tarkibida 
epoksid 
smolasi, 
qotiruvchi 
(polietilenpoliamin), plastiklovchi (dibutilftolat) bo‗lgan boshqa polimer 
materiallar ustaxonalar sharoitida darzlarni, teshiklarni ta‘mirlashda, 
yeyilgan qo‗zg‗almas birikmalar yuzalarini; rezbali birikmalarni va 
truboprovodlarni ta‘mirlashda ishlatiladi. 
Detallarni epoksid smolasi asosidagi polimer materiallar bilan 
ta‘mirlashda asosiy bog‗lovchi komponentlarning tarkibini epoksid 
smolasi tashkil etadi. Epoksid smolasi kovushoq, pishiq, jigarrang massa 
bo‗lib, asosan, detallarni ta‘mirlashda qo‗llaniladi. ED-6 asosidagi epok-
sid kompozitsiyasini tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: massa 
bo‗yicha 100 qism smola, 10 – 15 qism dibutilftolat (plastiklovchi), 160 
qismgacha to‗ldiruvchi va 7 – 8 qism polietilenpoliamid (qotiruvchi). 
To‗ldirgichlar temir kukuni (160 qism), alyuminiy upasi (20 qism), 500 
markali sement (120 qism) dan iborat. Epoksid smolasi idishda 60 – 
80°C temperaturagacha isitilady, plastiklovchi qo‗shib aralashtirgandan 
so‗ng esa to‗ldirgichlar qo‗shib, yana aralashtiriladi. qotirgichlar 
kompozitsiyani ishlatish oldidan qushilishi kerak, chunki shundan so‗ng 
aralashmadan 20 – 30 daqiqa ichida foydalanish lozim. 
Ta‘mirlash korxonalarida detallarni polimer materiallar yordamida 
ta‘mirlash ishlari kuyish (bosim ostida, markazdan qochma), presslash
metall buyumlarga yupqa qatlamli qoplamalarni purkash yo‗li bilan 
amalga oshiriladi. 
11.6-rasm. Darz berkitish cxemasi:
 
a-berkitishga tayyorlangan yuza; b-ebaksid smolasi bilan berkitilgan 
yuza; g-yamoq solinib, ustidan rolik yurg„izilgan yuza; 1-epoksid 
smolasi asjsida tayorlangan tarkib; 2-yamoq; 3-rolik 
 


224 
Epoksid smolalari – 70 dan +120°C oralig‗ida ishlovchi detallarni 
ta‘mirlashda qo‗llaniladi. Epoksid asosidagi aralashmalar korpus detallar 
(silindrlar bloki, agregat karterlari va boshqalar) dagi darz va teshiklarni 
ta‘mirlash, qo‗zgalmas va rezbali birikmalarni tiklash uchun 
qo‗llaniladi. Misol tarikasida, darzni ta‘mirlash jaraenini ko‗rib 
chiqamiz. Darzning chegarasini cheklash uchun uning chetlarini 2 – 3 
mm li parma bilan teshib, so‗ngra butun darz bo‗yicha chuqurligi 2 – 3 
mm bo‗lgan 60 – 70° li faska ochiladi (11.6 rasm, a). Detalning yuzasi 
darzning ikki toki tomoni bo‗yicha 40–50 mm kenglikda yaltiraguncha 
tozalanadi, kertik (nasechka) qilinadi va atsetonda yog‗sizlantiriladi. 
Shisha matodan darzni 20–26 mm kenglikda yopuvchi yamoq 
tayyorlanadi. Detalning ta‘mirlanadigan yuzasiga epoksid smolasi 
asosida tayyorlangan tarkib 0,1-0,2 mm qalinlikda sur- tilgandan so‗ng 
yamoq solinadi (11.6-rasm, b) va ustidan rolik yurgiziladi (11.6-rasm,a). 
Epoksid tarkibning temperaturaga bog‗liq holda qotish vaqti 1 soatdan 
24 soatgacha (18... 20°C da qotish vakti 24 soat, 60°C da 4–5 soat, 
100°C esa 1–2 soat) bo‗lishi mumkin.
Bosim ostida qo‗ylish texnologii jarayoni, asosan, quyidagi 
operatsiyalardan iborat: materiallarni ulushlash, materialni qizitib eritish, 
bosim ostida erigan polimer materialni qolipga qo‗ylish va uni bosim 
ostida ushlab turish, buyumni qolipda sovitish va ta‘mirlangan detalni 
qolipdan chiqarib olish. Bu operatsiyalarning barchasi maxsus DB-3329 
markali termoplast-avtomatda, PL-71 qo‗ylish mashinasida va shu kabi 
boshqa uskunalarda bajariladi. 11.7- rasmda yeyilgan detal yuzasini 
bosim ostida kapron bilan qoplash sxemasi keltirilgan.


225 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin