Nazorat topshiriqlari:
1.Uvaysiy ijodi inqilobgacha qanday o’rganilgan?
2.Uvaysiy ijodi sho’ro davrida qanday o’rganilgan?
3.Uvaysiy asrlari nashri xususida so’zlab bering.
4.Uvaysiy kimlarning g’azallariga muhammaslar bog’lagan?
5.Uvaysiy davlat arbobi edimi?
Ikkinchi asosiy masala: Uvaysiy – iste’dodli lirik shoira.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Uvaysiy ijodini o’rganilish tarixi bilan tanishadi.
2.Uvaysiy ijodini o’rganilish tarixi bilan tanishadi.
3.Uvaysiy ijodini o’rganilish tarixi bilan tanishadi.
4. Atributsiya istilohi bilan tanishadi.
2- asosiy masalaning bayoni:
Yuqorida Uvaysiyning hayotiy faoliyati va qisman ijodoyiti bilan tanishgan edik. Shoiraning:
Topmadim izlab bu olam ahlidin bir dardmand,
Yig’lasam men senga diydamdin to’kub qon, qilma ayb...
Ey rafiqo, kulfati olamdin arz etgan zamon,
Nutqi beta’sirimi qildim farovon, qilma ayb...
Meni miskinni bilmon xalq doim imtihon aylar,
Ko’ngulni beqaroridin tavahhumli gumon aylar.
Holimg’a yig’lar barcha bag’ri tosh,
Qon bo’lib oqdi ko’zdan to’lgan yosh.
kabi baytlarni yozishi bejiz emas edi. Bunday baytlar "mehnatu g’am-alam"lari, "noahil bedil"lar tufayli bunyod etilga baytlar bo’lib, ularda "asiru g’aribu gado"lik sadolari aks etgan.
Shoira raqiblarining tuhmatidan shikoyat qildi: pok vijdon va halollik bilan bunyod etiladigan oilaviy hayot yo’liga to’g’anoq bo’lgan, xalqni aldab kelgan shayx, zohid va sehrgarlarni hajv ostiga oldi, ularning xiyla nayranglarini fosh etdi. Chunonchi:
Nasib et jomi maydin zuhd ahlig’a qatra, ey soqiy,
Nazora qilmay ahvolimg’a masti xob o’lsin.
Ishqda o’lanlarg’a dahl etma, ey zohid,
Bo’lmagay senga bul dam xuni oshiqon o’tru.
Tamasxur etma umr o’tkarmagimga, zohidi g’ofil,
Senga huru qusuru, menga ul jonon yovuqlashdi.
Soqiyo, tutg’il payopay sog’arin zuhd ahlig’a,
So’rmasin ahvolimi bu zohidi bedog’lar.
Ahli olam oni domidin omon topg’on emas,
Nafsi shayton boshini kesguchi qotil zohid.
Shoira insonning haqiqiy do’sti "sohibi idrok", aqli raso bo’lishi lozim, deb uqtirdi:
Uvaysiy, vaxm qilma ishq kitobidin quruq tan deb,
Rafiqing bilmadingmu sohibi idroklardandur.
Shoiraning fikricha, haqiqiy yorning fazilatlari juda ko’p bo’lib, uning yurish-turishi, suhbati, muomalasi, jamoli, vafosi, sadoqati, ixlosi va hokazo fazilatlarini sanab bitirish qiyin:
Yozay vaslingni qaybir xo’blig’ing birla adadsizdur,
Agar istar esam sahroda qum oning hisobidur.
Ana shunday "xo’blig’" (fazilat) bilan shuhrati ketgan oshiq-ma’shuqlar bir-birining vasliga yetolmay qadlari bukilishini ko’p shoirlar, odatda arabcha ﺪ (dol) yoki ﻦ (nun) harfiga o’xshatsalar, Uvaysiy oshiq-ma’shuqning bu holatini "pechu tob" ning chirmalishiga o’xshatib, shunday tasvir yaratadi:
Pechu tob etmish muhabbat, vahki jismimni chunon,
Qoshini yod aylabon jismimni dol etgum g’alat.
Uvaysiy oddiy qofiya, oddiy ifoda iboralar qo’llab, o’z fikr-mulohazalarini shakl va mazmun birligi bilan taqdim etadi. Chunonchi:
Gul emas, to bo’lmasa oldida xore ko’ndalang,
Yor ko’yi ermas ul, yo’q, dilfigore ko’ndalang.
Har kishi Mansurdek bersa analhaqdin xabar,
Ul zamon bo’lg’ay aning oldida dore ko’ndalang.
Vaysiy, so’z ko’toh qil, dam urma nodonlar aro,
So’zni sof etgancha to chiqqay g’ubore ko’ndalang.
Shoira she’rlarida o’rni bilan xalq maqollari, topishmoqlari va hikmatli so’zlarini ham qo’llaydi. Asrlar davomida xalq ongi, tili va dilida ishlana- ishlana qiyomiga yetgan va kishilarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va maqollar shoira she’rlarining latofatini yanada oshirgan. Chunonchi, shoira bir g’azalida "Devorning ham qulog’i bor" (Tojiklarda: "Devor mush dorad, mush go’sh dorad ") maqolini quyidagicha qo’llagan:
Buni derlar bordurur devor keynida quloq,
Ul makon davrida ko’z yetguncha devor o’lmag’ay.
Boshqa bir g’azalida "Rang ko’r, hol so’r"("Rang binu, hol purs") maqolini ishlatgan:
Muyassar bo’lsa vasling kim, na hojat holimi aytmak,
Ki holam purs, rangam bin, sog’indim man, sog’indingmu?
Uvaysiy she’riyatning hamma turlarida (masnaviy, ruboiy, g’azal, muhammas, musaddas va b) ijod qilishga qobil edi. Uning muammo va muvashshaxlari ham diqqatga sazavordir. Chunonchi, quyidagi baytning so’zlaridagi harflar va mazmun yordamida shoira o’z ismini ("Jahon"ni) chiqara olgan:
Jimu, hoyu alifkim men kimu darding yuki birla,
Dilida nuqtasi bag’rimda dog’im loyiqi xun men.
Shoira muammo va muvashshax shakllarida she’rlar yozganda ham shaklbozlikka berilmay, hayotiy mazmunni ifodalashga e’tibir bergan, bu jihatdan ham uning she’rlari saroy shoirlarining tuturuqsiz she’rlaridan farq qiladi.
Ammo Uvaysiy she’rlarining hammasi ham kamchiliksiz, baquvvat emas. Shoiraning ba’zi she’rlarida turli badiiy nuqsonlar bor. Chunonchi, quyidagi misralarda "Ag’yorim qoshida xor ra’nolanmasin" gapi o’rinli tushmagan:
Yor ruhsorin ko’rib gulzor ra’nolanmasin,
Ushbu ag’yorim qoshinda xor ra’nolanmasin.
Ba’zi vaqtlarda, ayniqsa, umrining oxirlarida, shoira pessimizmga ko’proq berilib, "tangri"ga, podshoga iltijo qiladi:
Tangrim meni naylasa bechora tururman,
Bechoraligimdan ela afsona tururman.
Hech kim meni obod eta olmas bu jahonda,
Ul nahnu qasamnodagi vayrona tururman.
Uvaysiy butun umri davomida tinch va totuv, to’q va osoyishta, "xush hol" va "xush dil" hayot kechirishni orzu qildi. Ammo Uvaysiyning bu orzusi ushalmadi. Zotan, o’shanday notinch feudal antagonizmi sharoitida tinch va osoyishta hayotning bo’lishi mumkin ham emas edi. Shuning uchun bir vaqtlar:
"Dunyoni bugun davr ila davroni g’animat",-
deb ne-ne orzular bilan qalam tebratgan shoiraning keyinroq:
Kunduzim-tun, ko’kragim-xun, qomatim-nun, do’stlar,
Mehnatu g’am birla chun dashti g’aribon man bukun,-
deb yozishi tabiiydir. Ayniqsa, Muhammad Alixon (1822-1842) hukmronlik qturgan yillarda shoiraning boshiga tushgan mushkul kunlar: sevikli qizi Quyoshxon (shoira Xokiy) dan judo bo’lishi, o’g’lining sarbozlar qatorida xon tarafidan Qashqarga jo’natilishi, yolg’izlik "dashti g’aribon"da sargardonliklari shunday g’amgin baytlarni to’qishga olib keldiki, bu faqat Uvaysiyninggina emas, o’sha notinch, serg’alva sharoitda barcha mushtipar onalarning ahvoli ruhiyati tasviri edi.
Dostları ilə paylaş: |