Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə51/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Ulug’ shoir g’azaliyotidagi yetakchi uslubiy jilolar haqida nimalarni bilasiz?
2.Alisher Navoiy g’azalnavislikda kimlarni o’ziga ustoz deb bilgan?
3.Musalsal va mustaqil baytlardan tarkib topgan g’azallarning bir –biridan farqli jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi?
4. «Xazoyin ul maoniy» tarkibidagi devonlarning har birida nechtadan g’azal bor?


3- asosiy masala: Navoiy rubobiylari va qit’alari.
O’qituvchi maqsadi: Devondagi rubobiy timsollar va qit’alari talqini orqali talabalarning barkamol shaxs bo’lib etishishlarini niyat qiladi.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Talabalar Navoiy rubobiy timsollari bilan yaqindan tanishadilar.
2. Oshiq, orif timsollaridagi fazilatlaridan ta’sirlanadilar.
3. Zohid, muddaiy, bulhavaslar bilan, shularday dunyoparast, yengil-yelpi yashashning noto’g’riligiga amin bo’ladilar.
4. Lirik timsol va shoir shaxsi munosabatlarini mulohaza qiladilar.


3- asosiy masalaning bayoni:
«Xazoyin ul-maoniy»ning ko’plab sahifalari kichik she'riy asarlar bilan bezalgan. Bular orasida qifaning alohida o’rni bor. Arabcha «parcha», «bo'lak», «pora» ma'nolarini anglatgan bu so’z istiloh sifatida ikki va undan ortiq baytlardan tashkil topgan, juft misralari o’zaro qofiyalanuvchi ( a-b—v—b—s—b...) she'riy shaklga nisbatan qo’llanadi. Qita’-boshsiz (matlasiz) g’azal ham deyiladi. Bu janr arab, fors-tojik va turkiy xalqlar adabiyotida keng qo’llanilgan she'riy shakllardan biridir. Mavzular olami rang-barang bo’lgan qit'alarda ko’pincha shoirlarning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy ilohiy-irfoniy qarashlari ifoda etiladi. Sharq mumtoz adabiyotida qifa alohidajanr sifatida amal qiladi va axloqiy-ta'limiy, falsafiy-ma'rifiy qarashlar ifoda etilgan nasriy badiiy, tarixiy-memuar, pandnoma asarlar, shuningdek, devonlarning debochalari tarkibida ham uchraydi. Odatda, ijodkorlar bunday asarlarda ma'lum bir masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarini yakunlash, umumlashma-xulosalarini bayon etish maqsadida qit'adan foydalanishgan. Qita’ning bunday xususiyati «qissadan hissa» chiqarish vazifasini bajarishga safarbar etilgan.
Alisher Navoiyning sohir qalami qifaning o’zbek mumtoz she'riyatidagi yetakchi janrlaridan biriga aylanishini ta'minJadi. Bu ulug’ so’z san'atkoriga qadar Yusuf Amiriyning «Bang va Chog’ir munozarasi»da (ikkita o’zbekcha), Xorazmiy «Muhabbatnoma»sida (bitta) va Mavlono Lutfiy devonida qifa janriga mansub asarlar mayjudligi kuzatiladfy Alisher Navoiy turkiy adabiyotda juda kam qo’llanilgan bu 271 adabiy janrning yuzlab mumtoz namunalarini ijod etdi. «Xazoyin ul-maoniy»da 210 ta qit'a mavjuddir. Yig’ma devonlar «Debocha»sida kelgan qifalar esa yuqorida ko’rsatilgan raqamga qo’shilmagan. Bulardan tashqari, «Mahbub ul-qulub», «Arbain hadis» va boshqa asarlar tarkibidagi qit'alar ham nazarda tutilsa, ularning soni uch yuzdan ortadi. Chunki «Arbain hadis»ning o’zida Janobi rasuli akramning axloqqa doir qirq hadisi qirq qit'a shaklida o’zbek tiliga o’girilgan va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan.
«Xazoyin ul-maoniy» tarkibida kelgan qifalar ulug’ shoirning muayyan vaziyatdagi kayfiyatini, juda chuqur falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy, ilohiy-irfoniy qarashlarini badiiy ifoda etganidan kelib chiqib aytish mumkinki, ular daqiqnazar ijodkorning hayotga yanada teran nigoh bilan qarashi mahsuli stfatida vujudga kelgan.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin