Umumiy pedagogika


Fakultеt dеkani___________________ f.-m.f.n. J. Yarmetov



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə2/14
tarix22.09.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#129267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
7047 2 хориж ИШЧИ

Fakultеt dеkani___________________ f.-m.f.n. J. Yarmetov


  1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Ushbu fan oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy-pedagogik sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni umuminsoniy g‘oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, pedagogik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish malakalarini hosil qilishda katta ahamiyat kasb etadi.


“Umumiy pedagogika” fani talabalarni yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bo‘lgan yondashuvlar mazmuni, jahon ta’limi tajribasi bilan tanishtirish asosida ularning umumpedagogik bilimlarini boyitadi. Ta’lim-tarbiyaning innovasion shakl va metodlaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini boshqarish va unga rahbarlik qilish haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. SHu bilan birga ushbu fan talabalarda asrlar davomida shakllangan ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlarni qiyosiy o‘rganish, yosh avlod tarbiyasida amaliy qiymatga ega pedagogik g‘oyalardan foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – ta’lim-tarbiya sohasiga oid davlat siyosatining mazmuni, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg‘or g‘oyalari, didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogik amaliyot, pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat asoslari mohiyatini yorituvchi nazariy bilimlarni hosil qilish.Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalardata’limiy-tarbiyaviyqarashlarni pedagogik faoliyatga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy, texnik va texnologik yutuqlarni qo‘llay olishga tayyorlash hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- asosiy pedagogik tushunchalar, ta’lim menejmenti, tarbiyaning ijtimoiylashuvi, milliy va madaniy-tarixiy omillarning tarbiyada tutgan o‘rni, komil insonni tarbiyalashga oid davlat siyosatining mazmuni to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lishi;
- ta’lim-tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari, innovatsion shakl va metodlari, ta’lim –tarbiya jarayonini boshqarish va unga rahbarlik qilish, o‘qish va bilish faoliyatni tashkil qilish yo‘llari, pedagogik faoliyatni rejalashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- metodologik, pedagogik va psixologik manbaalar bilan ishlay olish, ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros va jahon ta’limi an’analaridan foydalanish, pedagogik muaamolarni echish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.




  1. Yüklə 307,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin