Asosiy shakllari
Ma’ruza-taqdimot
Qaytar aloqaga asoslangan ma’ruza
Seminar-maslahat
Mavzuli seminar
Amaliy mashg‘ulot
Guruhli ishlashga asoslangan seminar
Bitiruv malaka ishining himoyasi
Laboratoriya mashg‘uloti (kо‘rsatmali trening)
Veb-konferensiya (onlayn-konferensiya)
7-rasm. Vebinar mashg‘ulotlarning asosiy shakllari.
Mashg‘ulot ishtirokchilari oʻrtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali ta’minlanadi. Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) oʻz manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar pedagogni tinglagan holda unga savollarni og‘zaki hamda yozma tarzida berishlari mumkin. Pedagog oʻz kompyuterida oʻquv materiallari (matnli hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish, chizish imkoniyatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini koʻrib turadi va istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning oʻzida e’tiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashg‘ulot oʻtayotgan virtual auditoriya toʻla ravishda pedagogga koʻrinib turadi.
Ta’lim shaklining tanlanishi pedagog tomonidan qoʻyilgan maqsadan kelib chiqib belgilanadi. Vebinar mashg‘ulotlarni oʻtkazish maqsadlari quyidagicha boʻlishi mumkin:
- talabalar tomonidan о‘quv materialining puxta о‘zlashtirilishini ta’minlash;
- talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash;
- jamoada ishlash metodlarini о‘zlashtirish;
- о‘zaro tajriba almashish;
- kasbiy faoliyat kо‘nikma va malakalarini о‘zlashtirish;
- bilish faoliyati mustaqil tashkil etishda yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarini tо‘g‘rilash
Odatda vebinar mashg‘ulotlar talabalar tomoni oʻquv moduli, uning muayyan boʻlimi, mavzulari mustaqil oʻrganilgandan keyin tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarning an’anaviy darslardan farqi – ularda har bir talaba, tinglovchi oʻquv materialini muhokama qilish va muayyan koʻnikma, malakalarni oʻzlashtirish masalalarini muhokama etisha faol ishtirok etishi mumkin. Mashg‘ulotning muvaffaqiyati pedagogning mahoratiga, muloqot jarayonining toʻg‘ri tashkillashtirishiga, auditoriyaning faolligiga va mashg‘ulot shaklining maqsali tanlanganligiga bog‘liq. Vebinar mashg‘ulotlar uch bosqichda tashkil etiladi. YA’ni (8-rasm):
Dostları ilə paylaş: |