Umumiy pedagogika


Ta’limning ma’ruza – seminar tizimi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə87/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Ta’limning ma’ruza – seminar tizimi
Birinchi universitetlar paydo boʻlishi bilan ta’limning ma’ruza – seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta oʻzgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi boʻyicha amaliyot hozirgacha leksion – seminar tizim sifatida oʻqishning asosiy shakllaridan biri boʻlib kelmoqda. Ma’ruza – seminar tizimi oʻzining sof koʻrinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini tatbiq etilishi bilan ma’ruza – seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida foydalanila boshlandi.
MA’RUZA VA UNING OʻZIGA XOSLIKLARI
Ma’ruza – oliy ta’limda oʻqitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
1) yoʻnaltiruvchi: talabalarni oʻquv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon beradi;
2) axborot: oʻqituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog‘liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy – nazariy asoslari namoyon etiladi.
4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish;
5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish.


MA’RUZA TURLARI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ma’ruza turlari

Oʻziga xos xususiyatlari

Kirish ma’ruzasi

Talabalarda oʻquv fani toʻg‘risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish

Ma’lumotli ma’ruza

Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy-retseptli tarzda taqdim etish

Anjuman-ma’ruza

Talabalar tomonidan oʻquv materialining izlanishli tarzda oʻzlashtirilishiga erishish

Muammoli-ma’ruza

Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali oʻquv birliklarini bayon etish

Ma’ruza-munozara

Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini oʻzlashtirishga erishish

Vizual-ma’ruza

Vizual-materiallarni taqdim etish orqali talabalar tomonidan materialni oʻzlashtirishga erishish

Konspektli-ma’ruza

Talabalar tomonidan oʻquv materialini oʻzlashtirishga erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish

Maslahatli-ma’ruza

Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etish

Binar-ma’ruza

Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish




Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin