Muammoni qoʻyish va uni hal etish usullarini ochib berish
Topshiriqni idrok etish va uni qismlarga ajratish. Topshiriq qismlarini mustaqil hal etish va Oʻz–oʻzini nazorat qilish
Evristik (qisman – izlanish)
Muammoni qoʻyish va uni hal etishga doir qadamlar ketma – ketligini rejalashtirish. Oʻquvchilar faoliyatini boshqarish
Qoʻyilgan vazifa bilan bog‘liqlikda muammoni hal etish yoʻllarini mustaqil izlash va oʻqituvchining qisman koʻmagi yordamida muammoni hal etish
Tadqiqotchilikka doir
Mustaqil hal etishga doir muammoli vazifalarni shakllantirish. Muammoni hal etilish jarayonini nazorat qilish
Muammoni mustaqil hal etish.
Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov)
Oʻrgatish metodlari
Oʻrganish metodlari
Axboriy – ma’lumotli
Ijro etish (bajarish)
Tushuntirishli
Reproduktiv
Koʻrgazmali – amaliy
Ijodiy – amaliy
Tushuntirishli – undovchi
Qisman izlanishli
Undovchi
Izlanishli
Asosiy didaktik maqsadlariga koʻra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov)
yangi bilimlarni egallash metodlari;
koʻnikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
bilimlarni amaliyotda qoʻllash metodlari;
bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
Yaxlit yondashuv boʻyicha ta’lim metodlari tasnifi ( YU.K.Babanskiy)
oʻquv – bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
oʻquv – bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
oʻquv – bilish faoliyatini nazorat va oʻz–oʻzini nazorat qilish metodlari.
Chet tillarini oʻrgatishning zamonaviy metodlari Har bir mamlakatda chet tillarini oʻqitishning yillar davomida shakllangangan va sinalgan oʻziga xos metodlari mavjud. Bunda mamlakatning geosiyosiy holati, boshqa davlatlar bilan munosabati, konyukturasi, oʻqitish sharoitlari, milliy mentalileti, oʻrganilayotgan tillarning davlat tiliga yaqinlik darajasi va amaliy ahamiyati kabi omillar hisobga olinadi. Masalan, AQSHda chet tillarini oʻqitishning bir qator metodlari mavjud boʻlib ular hozirgi kunda oʻqituvchilar tomonidan uyg‘unlashtirilgan holda qoʻllaniladi. Shunday metodlardan ayrimlari quyidagilar:
Tarjima metodi (asosan oʻlik tillarni oʻrganishda qoʻllaniladi, soʻzlar va grammatik qoidalar yod olinadi).
Og‘zaki metod(oʻqituvchi monologini qayta soʻzlash va matn boʻyicha savollarga javob berish tizimiga asoslanadi).
Psixologik metod (soʻz va soʻz bildirgan tushuncha oʻrtasida assotsiatsiyalarni topishga asoslanadi.).
Toʻg‘ridan – toʻg‘ri oʻrgatish metodi (chet tili, ona tiliga yoki biror boshqa tilga murojaat qilinmasdan, tarjimadan foydalanmagan holda foydalaniladi).
Oʻqish metodi (talaba oʻrganilayotgan tilda qancha koʻp matn oʻqisa, u mazkur tilning xususiyatlari, grammatik qoidalari, gap qoliplarini shunchalik koʻp oʻzlashtiradi va shu tariqa tushunish, gapirish, yozish koʻnikmalari ham rivojlanadi).
Shimoliy Amerikaning bir qator universitetlarida yoz oylarida turli tillarni intensiv oʻrgatuvchi maxsus kurslar tashkil etiladi. Jumladan, Arizona davlat universiteti Kritik tillar institutida 2007 – yildan beri oʻzbek tili va madaniyatidan dars beriladi. Kurslarda qatnashayotgan talabalarning aksariyati poliglotlardir. Ular uch va unda ortiq tilni egallaganlar, yozgi intensiv kurslarga boshqa bir tilni, madaniyatni oʻrganish niyatida keladilar.
Shaxsiy qoniqish, yani oʻzbek tilini yoqtirgani, xalqaro biznes bilan bog‘liq tashkilotga ishga kirish uchun Markaziy Osiyo tillaridan birini bilish, “til ta’limiga oid kompyuter resurslari” deb nomlangan laboratoriyadagi faoliyatiga, ilmiy tadqiqot ishi aynan yurtimiz tarixi yoki madaniyatimiz bilan bog‘liq boʻlgani sababli yoki Oʻzbekistondagi tarixiy obidalarni koʻrishni orzu qilgani va oʻzbek xalqining tilini bilish boshqa turkiy xalqlarning tilini va madaniyatini oʻrganishga asos boʻla olishi tufayli va hokazo. Bu kabi sabab va maqsadlar esa tilni intensiv ravishda oʻrganish uchun kuchli motivatsiya boʻlib xizmat qiladi.
Intensiv kurslarda biror til va madaniyat boʻyicha olib boriladigan darslarda koʻpincha autentik vositalardan, multimedia resurslaridan integrativ metod asosida yozilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalaridan foydalaniladi. Shu bilan birga har bir oʻqituvchi mavjud boʻlgan metodlarni oʻz guruhini bilim saviyasi, oʻquv vaziyat, mavzularga moslashtirgan holda oʻzgartirib qoʻllay oladi. Masalan, quyida berilgan manbalar, metodlarni istalgan til oʻqituvchisi, istalgan auditoriya uchun moslashtirishi va unumli foydalanishi mumkin.