Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə92/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Oʻqituvchi xodimlar: ularning oʻqitish, ilmiy tadqiqotlarida, boshqaruvda supervayzerlikda mahsuldorlikka va kreativlikka erishishi.

Yevropada oliy ta’lim ikkita asosiy hujjat – Boloniya deklaratsiyasi va Lissabon konvensiyasi orqali amalga oshiriladi.


Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlarga mos holda Boloniya va Lissabon strategiyasi ishlab chiqilgan. Islohotning ushbu ikki konsepsiyasi maqsadi oliy ta’lim sifatini doimiy yaxshilashga, mehnat bozorida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishga, ta’lim sifati va amaliy ta’lim xizmatini samarali biriktirishga qaratilgan, umumiy fundamental tamoyillarga asoslangan, birlashgan Yevropa oliy ta’lim hamjamiyatini yaratishdan iborat.
Lissabon konvensiyasi 1997-yil 11-aprelda qabul qilingan boʻlib, pereambula, quyidagi 11 ta asosiy qism va ularga tegishli 44 ta moddadan iborat:
1. Ta’rif va bitta modda.
2. Davlat organlari kompetensiyasi va uchta modda.
3. Malakani baholashning asosiy tamoyillari va beshta modda.
4. Oliy ta’lim olish huquqini beruvchi malakani tan olish va beshta modda.
5. Ta’lim davrini tan olish va uchta modda.
6. Oliy ta’lim malakasini tan olish va beshta modda.
7.Qochoqlar, koʻchib kelganlar va qochoqlar holatidagi shaxslar malakasini tan olish va bitta modda.
8. OTM va dasturni baholash haqidagi ma’lumot va ikkita modda.
9. Tan olish masalalari haqidagi ma’lumot va uchta modda.
10. Amalga oshirish mexanizmlari va uchta modda.
11. Xulosaviy koʻrsatmalar va toʻqqizta modda.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, Lissabon konvensiyasida asosan Yevropa ta’limining davri, kompetensiyasi, malakalarga qoʻyilgan talablar, ta’lim sifati, uni umumiy talablarga javob berishi, nazorati, jarayonni amalga oshirish va natijalarni tan olish kabi masalalarda hududiy birlashish kelishilgan.
Boloniya deklaratsiyasida Yevropa OTMlarida kadrlar tayyorlash, uni ta’lim tizimida birlashtirishga yordam berish hamda ta’lim va fanga oid raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida quyidagi vazifalar hal qilingan:

  • ikki bosqichli ta’limni joriy etish;

  • kredit tizimini joriy etish va uni tan olish;

  • safarbarlik va mobillikni kengaytirish;

  • bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini yaxshilash;

  • yevropa ta’lim tizimi sifatini ta’minlash;

  • aspiranturani oliy ta’limning umumiy tizimiga kiritish;

  • oliy tizimda “Yevropa oʻlchovlari”ni shakllantirish;

  • yevropa oliy ta’limini raqobatbardoshligini va sifatini oshirish;

  • oliy ta’limning ijtimoiy rolini oshirish, uning ommabopligi, qoʻshimcha ta’lim tizimini rivojlantirish;


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin