Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. Dars oʻquvchilarning doimiy tarkibi, mashg‘ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars 45 minut davom etadi); jadval oldindan tuziladigan va oʻquv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi oʻziga xosliklarga ega boʻlgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda oʻqituvchi bilan oʻquvchining oʻzaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Oʻqituvchi darsda istisnosiz barcha oʻquvchilarni faoliyatga yoʻllaydi va nazorat qiladi, shuningdek, oʻzaro aloqa va oʻzaro nazoratni qoʻllab quvvatlaydi. Oʻqituvchini faoliyati barcha oʻquchilarning dars davomida oʻrganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur koʻnikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
DARSNING TURLARI VA TUZILISHI
Darsning quyidagi turlari mavjud:
1. Aralash (kombinatsion dars).
2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
3. Oʻrganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
4. Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
5. Laboratoriya darslari.
6. Amaliy darslar.
1. Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) oʻtilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
d) yangi mavzuni bayon qilish;
e)oʻrganilgan materialni mustahkamlash;
f) oʻquvchilarni baholash;
g) uy vazifasini berish.
|
2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
d)oʻrganilganmaterialni mustahkamlash;
e) uy vazifasini berish.
|
3. Oʻrganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) oʻrganilgan mavzularga doir savol – javob oʻtkazish;
v) oʻrganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
g) oʻquvchilarni baholash.
|
4. Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) oʻrganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini oʻtkazish;
g) uy vazifasi (oʻrganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).
|
5. Laboratoriya darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) laboratoriya ishini oʻtkazish;
g) oʻquvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
|
6. Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) oʻquvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
|
Boshlang‘ich sinflarda oʻquvchilar yoshini hisobga olib oʻquv ishlari turli xillaridan foydalanish, yangi bilimlarni berishni avval oʻrganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga toʻg‘ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham og‘zaki yetkazish, qiziqarli hikoyani oʻqish kabi boshqa ish turlarini oʻz ichiga oladi. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan) yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va savol – javob, yangi materialni oʻrganish, oʻzlashtirishni dastlabki tekshirish, mashq, misollarni bilan bajarish davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari oʻrganilganlarni suhbat koʻrinishida takrorlash, bilimlarni tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
Dostları ilə paylaş: |