Ta’limni tashkil etishning asosiy, qoʻshimcha va yordamchi shakllari Ta’lim–bu hozirgi avlod vakillarining kelasi avlod vakillari oldidagi buyuk qarzidir.
Djorj Pibodi
Zamonaviy didaktikada ta’limni tashkil etish turlari 3 ga boʻlinadi: frontal, guruhiy va individual.
Frontal ta’limda oʻqituvchi butun sinfdagi oʻquv – bilish faoliyatini boshqaradi. Ular biror bir vazifa ustida ish olib boradi.
Guruhli shaklda oʻqituvchi sinfdagi oʻquvchilarning guruhlardagi oʻquv – bilish faoliyatini boshqaradi. Ularni boʻg‘inli, brigadali, kooperirovan (koʻchma) va differensialli guruhli shaklga boʻlish mumkin.
Individual ta’limda oʻquvchilar boshqa oʻquvchilar bilan bog‘liqlikda oʻquv – bilish faoliyatini amalga oshiradi. Ya’ni, sinf butun topshiriqni, har bir oʻquvchi alohida mustaqil bajaradi.
Ta’limni tashkil etishning shakllarini asosiy, qoʻshimcha va yordamchi shakllari mavjud.
Dars – (maktabdagi) oʻquv ishining asosiy tashkiliy shakli boʻlib, unda oʻqituvchi aniq belgilangan dars doirasida oʻquvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval boʻyicha shug‘ullanadi. Jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, oʻquv dasturiga oʻzi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma – xil metodlardan foydalanadi.
Dars oʻquv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini: leksiya, praktikumlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qoʻshimcha mashg‘ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi. Ular oʻquvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: toʻgaraklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, koʻrgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar.
Qiyin dars (the difficult lesson)Rassom: Adolf Vilyam Bugro, 1884 98 x 66 sm, Shaxsiy kolleksiya.42