Hech boʻlmaganda ma’ruzadan keyin talabani oʻziga jalb qiladi.
Vaqt nazorati muhokama imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin.
Oʻqituvchi ma’ruza davomida ma’ruzaga mos savollar bera olishga tayyor boʻlishi kerak .
Talabalar savol beradi, aniqlik kiritadi va dav’at qila oladilar.
Natijaviylik muvofiq savollar va muvofiq muhokama bilan baholanadi.
Oʻqituvchi leksiyaga doir qiyin savollarni oldindan bilishi va ma’suliyat bilan tayyorlanishi kerak.
Ma’ruzalar bahslar bilan boyitilishi mumkin.
Oʻqituvchidan vaziyatni qisqa muddatda oʻzgartira olish talab qilinadi.
Muammolarni doʻstona muhokama qilish darslari Bu texnika jamoa a’zolarini bir-biriga xalaqit bermagan holda g‘oyalarini taklif qilish va muammoni yechish asosida quriladi
Qisqacha ifoda Mazkur texnika mustaqil yoki guruh bilan amalga oshirilishi mumkin; undan foydalanishda, ishtirokchilar ruhlantiriladi va berilgan masala boʻyicha darhol oʻzlarining fikr–g‘oyalarini boʻlishishlari talab qilinadi. Buning asosiy jihati jarayon davomida bir-biriga xalaqit bermaslik .yangi fikrlar yaxshiroq fikrlarni rivojlantirishga imkon berilishidadir. Bu texnikadan yagona va shakllangan fikrni koʻplab fikrlar orasidan tanlab olishda, g‘oyaviylikni rivojlantirishda foydalaniladi.
Qarama-qarshi fikrlarni rivojlantirishning asosiy vositasi maksimal darajadagi fikrlar sifati orqali muammoning yechimi yengillashtirishni maqsad qilgan. Qancha koʻp sonli g‘oyalar toʻplansa, shuncha keskin va natijali yechimni topish imkoniyati kuchli boʻladi. Bu texnika mustaqil amalga oshirilganda ma’lum vaqt mobaynida kutilgan natijaga erishiladi. Mustaqil, yolg‘iz shug‘ullanganda bu orqali mutlaq yangi qarashlar, fikrlarga erishish mumkin. Bu jarayon chegarasiz davom etishi mumkin. Natija bevosita shaxsning oʻtmishi, hozirgi kuni va kelajagi orqali aniqlanadi.
Guruh bilan ishlanganda tanqidiy fikrni doim ushlab turishga urg‘u beriladi. Qaysidir fikr notoʻg‘ri boʻlishi mumkin, degan fikrga darhol kelish oʻrniga keyingi tanqidiy jarayonga fikrlar jamlashga yoki qoʻshishga e’tibor qaratiladi. Ishtirokchilarni noodatiy g‘oyalarni taklif qilishi uchun qoʻllab-quvvatlaydigan muhit yaratiladi.
Bu texnikaning koʻplab turlari bor, lekin eng koʻp ishlatiladiganlari:
– yangi mahsulot (fikr) rivoji – yangi mahsulot uchun g‘oyalarni toʻplash va mavjuslari uchun rivojlanishga erishish;
– e’lon qilish – guruhlar uchun g‘oyalarni rivojlantirish;
– birlashgan ariza dizayni – har bir jarayonni tezlashtiradi;
– muammoni yechish – muaommolar, muammoning ildizi, tanlaniladigan yechim, rivojlanish;
– jarayonni boshqarish – biznesni rivojlantirishni yoʻllarini topish va mahsulot jarayoni;
– dastur boshqaruvi – mijozni obyektiv aniqlash, rivojlanganlik, tavvakkallar, manbalar, ish qog‘ozlari, rol, ma’suliyat, topshiriq, muammolar;
– jamoa qurilishi – ishtirokchilarni oʻylashga majbur qiladigan g‘oyalarni boʻlishish va muhokama qilish.
Texnikaning odatdagi koʻrinishi uchun ish tartibi:
Oʻrtacha kenglikdagi xona guruh a’zolari bir-birini koʻra olishi uchun qulay shaklda joylashtirilgan 12 ta stul bilan jihozlangan. Xarita, doska, yuqoridan oʻrnatilgan proektor. Xona telefon, soat va boshqa xalaqit beradigan narsalardan xoli.
Oltitadan yigirmatagacha shu fanga qiziquvchilar taklif qilinadi (shu sohada malakali boʻlishi shart emas).
Doskaga fan mavzusini yoki muhokama qilinishi kerak boʻlgan muammo yoziladi. Bu koʻpincha savol tarzida qabul qilinadi.
Barcha oʻz fikrlarini qog‘ozga yozadi. Fiklar doskada birlashtiriladi. Birgina mavzu bir soat mobaynida muhokama qilinishi mumkin. Eski hisoblangan barchang oʻz fikrlarini birma – bir yozib chiqish metodi ancha sekindir.Chunki hamma soʻnggi g‘oyani yozuvchini navbati kelmaguncha kutib turishi kerak. Fikrlar izohlarsiz, qisqa yozilishi kerak.
Jarayonga yordamlashish uchun bitta odam tanlang. Bu barchaning faol ishtiroki, erkin tanqid va muhitni ta’minlaydi. Hattoki kulgili va mantiqsiz g‘oyalarni ham qoʻllab-quvvatlang.
5 minutdan 20 minutgacha boʻlgan vaqtda yordamlashuvchi g‘oyaning tugallanish qismini belgilaydi (boshqasiga navbat beradi).
–Biror maqsad yuzasidan asoslangan g‘oyalarni jamlang. Yordam beruvchi shaxs jarayon davomida muhokamani qoʻllab – quvvatlaydi.
–Har bir mavzu muhokamasidan soʻng, keyingisini muhokamasiga shoshiling.
–Qatnashuvchilarning barchasi g‘oyalarni tushunganligiga ishonch hosil qilish uchun roʻyxatni boshidan oxirigacha qayta koʻrib chiqing, Roʻyxatdagi takrorlanuvchi va mantiqsiz jihatlarni bartaraf qiling.
–Tashakkur bildirib minnatdorchilik sifatida barchani tegishli baholar bilan taqdirlang.