Takrorlash, ya’ni qayta koʻrib chiqish darslarining turlari:
– dars oldidan harkunlik (3minutlik) qisqa takrorlash – bunday yondashuv yangi mavzuni yahshiroq tushunishga yordam beradi;
– har bir oʻtilgan bob yuzasidan takrorlash – bu jarayon bitta dars mobaynida davom etadi;
– oʻtilgan barcha boblar boʻyicha takrorlash – bu mashg‘ulot semestr oxiri yoki oʻquv yili oxirida boʻlib otadi.
Takrorlash, ya’ni qayta koʻrib chiqish darsining tamoyillari:
– oʻquvchi mavzularni takrorlash uchun ehtiyoj sezishi yoki takrorlash darslari maqsadini tushunib yetishi kerak;
– qayta koʻrib chiqish darslari oʻquvchilar uchun qiziq tarzda oʻtishi kerak, oddiy takrorlash shaklida emas;
– oʻquvchi oʻzining qanday yutuqlarga erishayotganligidan xabardor boʻlishi, bunda psixologik tamoyillarga ham e’tibor qaratishi lozim.
Takrorlash, ya’ni qayta koʻrib chiqish darslarining qulay sharoitda olib borilishi oʻqituvchining qobiliyatiga, oldingi mavzularning qay darajada oʻzlashtirilganiga, oʻquvchiga mavzular boʻyicha toʻg‘ri xulosaga kelishiga yordam berishiga hamda uni yanada yaxshiroq tushuntirib berishiga bog‘liq boʻladi.
3.Mashg‘ulot darslari oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qoʻllash, tegishli koʻnikma va malaka hosil boʻlishga sharoit yaratib beradi.
Har bir fan mashg‘ulot darslarini talab qiladi, chunki bu dars davomida oʻquvchilar organilgan materiallarni yanada chuqur oʻzlashtiradi va amaliyotda qollay oladi hamda toʻg‘ri yozish, talaffuz qilish, kerakli atamalarni tog‘ri qoʻllash qobilyatlariga ham ega boʻlib boradi.
Mashg‘ulot darslarini oʻtishda quyidagilar muhim:
– motivatsiya – oʻquvchilarda maksimal va barqaror harakat uchun zaruriyat uyg‘otish.
– e’tiborni tortish (fokalizatsiya) mashqlar konsentratsiyani talab qiladi. Shuning uchun oʻquvchilarlaning fikri aniq faktlarga qaratilgan boʻlishi kerak;
– e’tiborli takrorlash – oddiy takrorlashlar. Agar butun diqqat mashgu’lotga qaratilmasa oʻz samarasini bermaydi;
– tatbiq qilish – bilimlarini tekshirish.
Mashg‘ulot darslarini oʻtishtamoyillari: – mashgulotlarni bajartirish yoʻllari – oʻqituvchi mashg‘ulotlarni tizimli yoʻl orqali tez, shoshilmagan holda,dinamik hamda qiziqarli tarzda olib borishi kerak;
– ta’lim tamoyillaridan foydalanish – oʻquvchilar doimo mashg‘ulotlarga tayyor boʻlishlari kerak. (Mukofot va maqtov metodlaridan ish faoliyatini yaxshilash uchun foydalanish mumkin);
– standartlar – samarali mashg‘ulotga erishishning standartlarini oʻrnatish lozim (aniqlik, tezlik, sifat va miqdor)
– individuallashtirish – bolalar ichida zaif jihatlarini topib, sinfini ajratish va oʻqituvchi bilan yana bir marta oʻtilgan materiallarni oʻrgatish.
Mashg‘ulot darslarini oʻtishda oʻqituvchi faqatgina oʻquvchida qandaydir koʻnikma hosil qilish bilan cheklanmasdan, balki bilimni mustahkamlash hamda amaliyotda qoʻllashga undashdir.