Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə97/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

1. Rivojlantiruvchi darslar maqsadi shundan iboratki, unda yangi mavzu tushuntiriladi hamda mustahkamlanadi. Oʻtilayotgan yangi mavzular turli xil faktlar, tamoyillar, umumiy bayonotlar orqali toʻliq yoritib beriladi. Bu jarayonda oʻquvchining oʻrgatuvchi nazorati ostida mavzu yuzasidan bosqichma – bosqich bilim egallashi talab qilinadi.
Rivojlantirish darslari 2 turga ajratiladi:
induktiv rivojlantirish darslari;
deduktiv rivojlantirish darslari;
Deduktiv rivojlantirish darslari 2 xil funksiyani amalga oshiradi:
a) faktlarni tushuntirish;
B) oldindan his qilish.
1. Induktiv rivojlantirish darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarga mavzuni misolar, dalillar bilan tushuntiradi, koʻrsatmali qurollarni namoyish etadi, soʻngra oʻrganuvchilarning oʻzi xulosa chiqaradilar va qoidalarni yaratadilar.
2. Deduktiv rivojlantirish darslarda esa oʻqituvchi umumiy qoida, faktlarni, ta’riflarni va formulalarni qoʻllash orqali oʻtilayotgan mavzuni yoritib beradi.
Rivojlantirish darslarini olib borish bosqichlari:
1. Tayyorgarlik – bilim va motivatsion tomonlarnioʻz ichiga oladi.
2. Taqdimot – bu jarayonda oʻqituvchi savollar hamda oʻquv qoʻllanmalari asosida, oʻquvchilarni koʻrib va eshitib tahlil qilish, solishtirish, qiyoslash, kuzatish hukm qilish yoki biror narsa kashf qilishga yoʻnaltiradi.
3. Tatbiq qilish – test. Bu orqali mavzu oʻzlashtirilganligini bilib olish mumkin.
Rivojlantirish darslari uchun zarur sharoit yaratilishi oʻqituvchining mahorati o ‘tilgan va yangi mavzuga bog‘liq misollar, ma’lumotlar keltira olish qobilyati, nima tushuntirilishi, namoyish etilishi yoki taraqqiy etilishi kerakligi haqidagi layoqatiga bogliq boʻladi .
2. Takrorlash, ya’ni qayta koʻrib chiqish darslari oʻquvchilarda takrorlash va esga olish orqali oʻtilgan mavzularni boshqa nuqtayi nazardan koʻrib chiqish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Bu koʻrinishdagi darsning maqsadi:
1. Oʻrganilgan ma’lumotlarni xotirada yaxshilab saqlab qolish.
2. Oʻzlashtirilgan materiallarni baholash qobiliyatini rivojlantirish.
3. Keyingi ta’limni yaxshi oʻzlashtirish uchun fundament.
4. Oʻquvchilarning zaif tomonlarini diagnoz qilish.
6. Avvalgi (oʻtilgan ) mavzu va materiallarga qiziqish uyg‘otish.
7. Chuqurroq fikrlashga va ijodkorlikka turtki berish.
8. Oldin oʻzlashtirilgan materiallarni yangi qirallarda tahlil qilishva boshqalar.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin