Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə139/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, koʻrgazmali-amaliy), diqqat (qat'iyliligi, boshqaga koʻchishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllar, yuqori darajada koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida oʻquvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda rag‘batlantirish), xotira, tasavvur, yoshi va individual psixologik xususiyatlarni hisobga olish (egallagan bilim, koʻnikma va malakalarni hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv masalalari murakkablik darajasi oʻquvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv materialini oʻzlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta'sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalar, test oʻtkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz – server» tuzilmasi, Internet – navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (oʻqitish jarayonidagi individual va jamoaviy ishlar, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, oʻlchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yoʻnalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, koʻrgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash (tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: doʻstonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Elektron ta’lim muhitida laboratoriya ishlarini tashkillashtirishning oʻziga xos muammolari mavjud. Aynan bu muammoni virtual laboratoriya ishlaridan foydalangan holda tashkillashtirish mumkin. Oʻquv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan oʻquv-oʻrganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar oʻquv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy oʻquv yurtlarigacha, oddiy til oʻrganishdan to mexanika sohalarigacha qoʻllanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda.
Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real obyektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma’lumki, axborot texnologiyalar va kompyuter sohasini oʻqitishda asosan ma’ruzalardan foydalaniladi, programmalash tillarini oʻqitishda ba’zan ma'lum bir dasturlar tuzish boʻyicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Ammo kompyuter jihozlarini yasash, operatsion va tarmoq tizimlarini oʻrnatish hamda sinovdan oʻtkazish qimmatbaho uskunalarga ehtiyoj tug‘diradi. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda kompyuter hamda tarmoq qurilmalarini yasash va sinovdan oʻtkazishga imkoniyat yaratadi. Bu oʻz-oʻzidan katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga yordam beradi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni qayta – qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi kunda fan-texnikaning jadal rivojlanishi real-hayotiy tadqiqot uskunalarining taraqqiyoti bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug‘diradi. Simulyatorlarda esa bunday toʻsiqlar mavjud emas, akincha, ushbu “virtual tadqiqotxonalar” fan-texnika rivojlanish sur’atiga qoʻshimcha tezlik qoʻshadi.
Albatta, har sohada boʻlgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqiqiy obyekt va jarayonlarni toʻla-toʻkis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida olingan natijalar bilan hayotiy tajribalardan hosil boʻlgan natijalar oʻrtasida tafovutlar paydo boʻlishiga olib keladi. Ba'zi simulyatorlar esa oʻyin shaklida yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari. Ular foydalanuvchilarda doimiy ishqibozlik kelib chiqishiga olib keladi, natijada tadqiqotdan koʻra koʻproq oʻyin tarafi ustun keladi.
Shunga qaramasdan, simulyatorlardan foydalanishning salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning qandaydir ma'noda cheklanishiga asosiy sabab boʻla olmaydi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin