texnologik (ishlab chiqarishdagi) yondashuvlarga aynan oʻxshash boʻlgan ta’limda qoʻyilgan maqsadlarga erishish kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta’lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta’lim jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta’lim jarayonida oʻqituvchi shaxsiga bog‘liq boʻlmagan faqat oʻquvchi (talaba) ning shaxsi ehtyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta’lim jarayonidir.
Aksiomatik yondashuv (Monaxov V.M.)
Bu yondashuv asosida yotuvchi asosiy g‘oya: pedagogik texnologiyalarni loyihalash va yaratish didaktik aksiomalar tizimi talablariga tayanishi kerak.
Tayanch signal
- assotsiativ ramz (belgi, soʻz, rasm, chizma, shakl va boshqa) boʻlib, ma’lum fikriy ma’noni bildiradi.
- qisqacha shartli matn koʻrinishidagi tayanchli signallar tizimi boʻlib, yaxlit oʻquv materialining oʻzaro bog‘liq elementlari sifatida tushunchalar, faktlar, g‘oyalar tizimining koʻrsatmali konstruksiyasini oʻzida aks ettiradi.
kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin koʻrinishi sifatida tushuniladi. Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazardan kishining individualligini xarakterlaydi.