1)oʻquv faoliyati mazmuni, metodi va sur’atini toʻla individualashtirishimkoniyatining mavjudligi;
2) aniq bir masalani hal etishda ta’lim oluvchining har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi.
1) vaqtning tejamli emasligi;
2) oʻqituvchi ta’sirining cheklanganligi (oʻqituvchining vazifasi oʻquvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);
3) boshqa oʻquvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir koʻrsatadi);
4) jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
1) yaxlit oʻquv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim;
2) jarayonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa boʻlib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida bolalar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;
3) oʻqituvchining oʻquvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir koʻrsatishi;
4) ta’limning emotsionalligi (oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida oʻquvchi – larning katta guruhi bilan ish olib boradi), oʻquv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yarati – lishi;
5) bilimsizlikdan bilimlarni oʻzlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma – ketligi.
1) tizim asosan bilimlarni oʻrtacha darajada oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar uchun moʻljallanganligi;
2) boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi;
3) oʻqituvchi uchun oʻqitish mazmuni va oʻqitish sur’atlari hamda metodlari boʻyicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi;
4) katta va kichik yoshli oʻquvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.