Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə83/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular oʻquvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, og‘zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni oʻrganishdagi ahamiyati beqiyos.
Yozma mashqlar ta’limning tarkibiy qismi sifatida zarur koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qoʻllaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan oʻxshash jihatlarga ega boʻlib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng koʻlamda foydalaniladi.

Oʻquvchilarning bilish faoliyati tavsifiga koʻra ta’lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin):

Ta’lim metodi

Oʻqituvchi faoliyati

Oʻquvchi faoliyati

Axboriy – reseptiv

Oʻquv axborotini uzatish, oʻrganilayotgan obyekt bilan oʻquvchi harakatini tashkil etish

Bilimlarni idrok etish, anglash va yodda saqlash.

Reproduktiv

Bilimlar hamda aqliy va faoliyat usullarini hosil qilishga doir topshiriqlarni tuzish va taqdim etish

Namuna asosida bilimlarni hamda aqliy va faoliyat usullarini egallash.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin