Umumiy pedagogika


-mavzu: Taʻlim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi. Zamonaviy dars tipologiyasi va unga qo‘yiladigan didaktik talablar



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə79/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

6-mavzu: Taʻlim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi. Zamonaviy dars tipologiyasi va unga qo‘yiladigan didaktik talablar.

Reja:
1. Ta’lim metodlarini toʻg‘ri tanlash – pedagogikada sifat va samaradorlik omili
2. Rus pedagogikasida ta’lim metodlarining tasniflash muammosi.
3. G‘arb pedagogikasida zamonaviy ta’lim metodlariga oid tendensiyalar.
4. Ta’limni tashkil etish shakllari va vositalari.
5. Ta’lim sifatini nazorat qilish va uning turlari
Tayanch tushunchalar: metod, oʻqitish metodi, usul, metodika, qoida, sugestopedia, jigsaw reading, socratic seminar, philosophical chair, ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, ta’lim vositalari
Mavzuning qisqacha mazmuni:mazkur mavzuni oʻqish davomida talabalar metod, oʻqitish metodi, usul, metodika, qoida kategoriyalarining farqi, ta’lim metodlari tasnifi, AQSHda til oʻrganishning zamonaviy metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari va vositalari, ta’lim sifatini nazorat qilish va uning turlari haqida ma’lumotga ega boʻladilar.
Metod, oʻqitish metodi, usul, metodika, qoida kategoriyalarining farqi nimada?
Metod soʻzi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yoʻli, usuli deganidir. Bu soʻzning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, oʻrganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish boʻyicha oʻqituvchining oʻrgatuvchi ishi va oʻquvchilar oʻquv – bilish faoliyatini tashkil etish yoʻllari tushuniladi.
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati oʻzaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga daxldor. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki oʻquv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan boʻlishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli oʻqituvchilar tomonidan har xil usullarda ochib berilishi mumkin.
Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni oʻqitish nazariyasi. Oʻzaro ta’sir etishning turli shakllarini oʻrganish asosida biror fanni oʻqitish va oʻrganish yoʻllarini oʻquv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta’lim oluvchilarga ta’sir etishning aniq tizimini oʻqituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, oʻquv dasturi va darsliklarda ochib beriluvchi ta’lim mazmunida oʻz aksini topadi hamda ta’lim metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. Oʻquv fani metodikasi didaktika bilan mustahkam bog‘langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi.
Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy koʻrsatmalardir.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin