Umumiy pedagogika


Ta’lim metodlari tasnifi41



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə80/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Ta’lim metodlari tasnifi41:
1. An’anaviy (manbasiga koʻra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va boshqalar).
2. Oʻquvchilarning bilish faoliyati tavsifiga koʻra ta’lim metodlari (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga koʻra ta’lim metodlari (M.A.Danilov va B.P.Esipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. Yaxlit yondashuv boʻyicha ta’lim metodlari ( Yu.K.Babanskiy).Педагогика: Учебник / Л. П. Крившенко, М. Е. Вайндорф-Сысоева и др.; Под ред. Л. П. Крившенко.С.278
6. Ta’limning interfaol metodlari.

An’anaviy (manbasiga koʻra) ta’lim metodlari

Og‘zaki

Koʻrgazmali

Amaliy

Kitob bilan ishlash

Videometod

Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Munozara

Illyustratsiya
Demonstratsiya

Mashq
Amaliy
Laboratoriya
Didaktik oʻyin

Oʻqish
Oʻrganish
Reja tuzish
Konspekt qilish

Koʻrish,
Oʻrganish,
Nazorat qilish



HIKOYA– bu oʻqituvchi tomonidan oʻquv materialini ketma – ket bayon qilish boʻlib, u odatda tasviriy vositalar yordamida ta’limning barcha bosqichlarida, koʻproq boshlang‘ich sinflarda qoʻllaniladi.
Bu metodning samarasi koʻp jihatdan oʻqituvchining nuqt mahorati, soʻzlarni oʻz oʻrnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, oʻquvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni oʻquvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
SUHBAT – savollar va javoblar shaklidagi dialogik ta’lim metodi boʻlib, u fanga qadimdan ma’lum, hatto undan oʻz faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida koʻp funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi oʻquvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat oʻqituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma – bosqich egallashga imkon beradi.Suhbat metodining bir qancha turlari mavjud:
Yakuniy suhbat oʻquvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – oʻquvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi hamda ularning yangi oʻquv metodikasini oʻzlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali oʻqituvchilar tomonidan dars avvalida yohud oʻrganilgan materialni mustahkamlash uchun dars soʻnggida qoʻllaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yoʻnaltiradi. Bunda savollar shunday ketma – ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yoʻq» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, oʻquvchilarni mustaqil fikrlash, faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida oʻquvchilar bilimlarni tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois oʻzlashtira olsinlar.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin