Umumiy talablar quyidagilar: Ta’limiy talab


Aralash maqsadli (ikkitadan ko`p didaktik maqsadga ega) dars



Yüklə 22,89 Kb.
səhifə10/10
tarix25.10.2022
ölçüsü22,89 Kb.
#118605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar

8. Aralash maqsadli (ikkitadan ko`p didaktik maqsadga ega) dars. O`rta umumiy ta’lim maktablarida o`qitishning asosiy vazifasi hozirgi zamon jamiyati har bir a’zosining mehnat faoliyati va kundalik hayoti uchun zarur bo`lgan bilimlarni berishdan iboratdir. Har bir fanni o`rganish va bilim olishni davom ettirish uchun yetarli bo`ladigan bilim va ko`nikmalar tizimini o`quvchilarning mustahkam va ongli egallashlarini ta’minlashdan iborat. Dars jarayonida ikki va undan ortiq va bir necha yo`nalishli didaktik maqsadlarni qo`yilishi aralash darslar deyiladi. Aralash darslarda ta’lim va tarbiyaviy vazifalari kompleks tarzida hal etilishi o`quvchilarga bilim va ko`nikmalarni uzluksiz bo`lishini ta’minlaydi.
Aralash maqsadli (ikkitadan ko`p didaktik maqsadga ega) dars tuzilmasi:
tashkiliy qism;
uyga vazifani tekshirish, darsning o`quv maqsadlarini belgilash;
o`quvchilarni yangi materialni o`zlashtirishga tayyorlash, Yangi bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishning ahamiyatini tushuntirish hamda ularni o`zlashtirishga qiziqish uyg`otish (motivasiya);
yangi materialni turli (noan’anaviy) usullar asosida bayon etish;
darsda o`tilgan yangi va u bilan bog`liq avval o`tilgan materiallarni mustahkamlash;
bilim va ko`nikmalarni umumlashtirish va avval olingan hamda shakllangan bilim va ko`nikmalar bilan bog`lash;
darsning o`quv maqsadlariga erishilganlikni, ya’ni o`zlashtirilgan yangi bilim va ko`nikmalarni baholash;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
o`quvchilarni keyingi mavzuga tayyorlash (doim emas).
Ta’limning ko`rgazmali vositalaridan foydalanib og`zaki mashq bajarish dars samaradorligini oshirishdagi o`quvchining bilim va qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Og`zaki mashqlarni keng darajada va qisqa vaqt ichida o`quvchilarning faol ishtirok etishga erishish kerak. Bu albatta o`rinli o`tkazilsa o`quv jarayonini faollashtiribgina qolmay o`quvchilarda ongli va mustahkam bilim, malaka va ko`nikmalarini hosil qilish manbai bo`ladi.
Ma’lumki, «Ta’lim to`g`risida»gi qonunda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’limning uzluksizligi, uning mutlaqo yangi mazmuni, nufuzini oshirishga, jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rniga yuksak baho berilgan. Zamonaviy ta’lim markazida shaxs turadi, unga ta’sir etuvchi, zaruriy fazilatlarni shakllantiruvchi bo`lib, o`qituvchi timsoli mujassamlashgan. Barkamol, mustaqil fikrlovchi shaxs esa ijtimoiy xayotimizni farovon qiluvchi, rivojlanishini щaraktlantiruvchi qudratli kuch sifatida namoyon bo`ladi. Xoh shaharda, xoh qishloqda bo`lishdan qat’iy nazar bilim egalariga ehtiyoj katta.
Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin