2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar
6. O`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni amalda qo`llash darsi. O`quvchilarga dars berishning asosiy maqsadlaridan biri o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni amal qo`llay olishga o`rgatishdir. O`quvchilar darsda olgan bilimlarini amalda qanday qo`llay oladilar? Biz o`qituvchilar bining uchun dars jarayonini qanday tashkil qilamiz lozim? O`zlashtirilgan bilimlarni amalda qo`llash uchun asosiy e’tibor mashqlarga qaratiladi. O`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rish vaqtidayoq, ya’ni maqsadlarni belgilash paytida mavzuga bog`liq qanday mashqlarni bajarish lozimligini e’tiborga olish zarur. Mashqlarni bajarishda kichik guruhlarda ishlash, davra suhbati, individual mashqlar, muammoli topshiriqlar, tadqiqod, modellashtirish kabi metodlar yaxshi samara berishi mumkin. O`quvchilarning mashqlarni bajarishdagi kreativlik va improvizasiya rag`batlantiriladi.
O`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni amalda qo`llash darsining tuzilmasi:
tashkiliy qism (o`quvchilarni darsga psixologik tayyorlash va motivasiya);
dars mavzusi va maqsadini e’lon qilish;
amaliy ko`nikmalarni egallash uchun zarur bo`ladigan bilimlarni, nazariy materiallarni qaytarish;
nazariy bilimlarni standart vaziyatlarda qo`llash orqali dastlabki ko`nikmani shakllantirish va mustahkamlash;
bilim va ko`nikmalarni o`zgargan sharoitlarda qo`llash mashqlarini bajarish;
bilim va ko`nikmalarni ijodiy qo`llash;
o`zlashtirilgan ko`nikma asosida malakani shakllantiruvchi mashqlarni bajarish;
darsning o`quv maqsadlariga erishilganini, ya’ni o`zlashtirilgan yangi bilim va ko`nikmalarni baholash;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
Mashqlarni bajarish paytida o`quvchilarga muammo qo`yish jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg`otish, bevosita ishtirokchilarga aylanishi va amaliy mashqlarni bajarish paytida mustaqil va ijodiy fikrlashlari aniq bir tizim asosida bilim olishni ta’minlaydi. O`quvchilar o`zlarining taxminlarini tekshirishlari va boshqa fikr-mulohazalarni tasdiqlashni, turli hil axborotlarni mantiqiy tahlil qilishga o`rganadilar.