2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar
7. Takrorlash va umumlashtirish darsi. Takrorlash va umumlashtirish darslarida esa o`quv dasturida ko`rsatilgan bir bob yoki bo`lim bo`yicha takrorlash amalga oshiriladi. Ushbu darslarda yo`naltiruvchi matnlar bilan ishlash yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Har bir ta’lim oluvchi to`ldirgan individual natijalar kartochkasini, guruh o`z ishini bajargandan so`ng o`rganib chiqiladi. Individual natijalar kartochkasi:
bizga, har bir ta’lim oluvchining ishini baholash imkonini beradi;
uning asosiy mahoratini rivojlanishi ko`rsatadi;
bittadan ko`p javobga ega savollarni o`z ichiga olishi mumkin. Bu, ta’lim oluvchilarni, o`z fikr-mulohazalarini aytishga va o`rgatishga va o`rgangan narsalarini idrok qilishga rag`batlantiriadi;
vazifani bajarish paytida, har bir ta’lim oluvchi nimalarga javob berishi lozimligini tushunish imkoniyatini beradi.
Takrorlash va umumlashtirish darsining tuzilmasi:
tashkiliy qism;
o`tilgan mavzu yoki mavzular turkumining ahamiyati, darsning maqsadi va rejasining o`qituvchi tomonidan bayon etilishi;
o`quvchilar tomonidan yakka tartibda va kichik guruhlarda jamoa bo`lib takrorlashga oid hamda umumlashtiruvchi xarakterga ega bo`lgan yozma va og`zaki topshiriqlar bajarilishi;
bajarilgan topshiriqlarni baholash va xatolar ustida ishlash;
dars o`quv maqsadlariga erishilganlikni, ya’ni o`zlashtirilgan yangi bilim va ko`nikmalarni baholash;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
O`quvchilarning takrorlash va umumlashtirish darslarida kichik guruhda ishlash paytida guruhning samaradorligi nafaqat vazifani amalga oshiruvchi sifatida qiziqtiradi (obyektiv samaradorlik), balki a’zolarni rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega (subyektiv samaradorlik). Bu holda, ko`pincha, kichik guruh vazifani bajarganligi ham muhim emas, buni, muhokama yoki himoya paytida birgalikda qilish mumkin. Muhimi, vazifani bajarish paytida qanday usullardan foydalanilgan, guruh qanday axborotlarni ishlatgan va bunda, hamkorlar qay darajada qatnashganligidir. Yakun yasashda, olingan ma’lumotlar va bilimlar hamda guruhda ishlash samaradorligi to`g`risida tushuncha paydo bo`lishi ham e’tiborga olinishi kerak. Fikr-mulohazalar natijalar varaqasiga yozib boriladi. Ish tugagandan so`ng, o`quvchilar bilan, ular qanday yangi mahoratga ega bo`lganliklari, ish bo`yicha qanday natijalar olganliklarini va muhokama qiling. O`quvchilar tajriba orttirgan sari, ko`proq, yana nimalarni o`rganishlari kerakligi to`g`risida emas, balki o`rgangan narsalari to`g`risida gapira boshlaydilar. Guruhning barcha a’zolarini yangi qarorlarini va mulohazalarni qayd etib o`tiladi. Har bir taklifni yetarlicha muhokama qiling. Agar u, ijodiy (nostandart) bo`lsa, unga erishish uchun zarur bo`lgan barcha mahoratlarni sanab o`tiladi.