Umumiy talablar quyidagilar: Ta’limiy talab


O`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsi



Yüklə 22,89 Kb.
səhifə6/10
tarix25.10.2022
ölçüsü22,89 Kb.
#118605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar

2. O`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsi.
O`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsining tuzilmasi quyidagi elementlardan iborat:
o`quvchilarga darsdan kutilayotgan o`quv maqsadlarini eslatish;
taklif etilgan topshiriqlarni bajarish natijasida egallanishi lozim bo`lgan aniq bilim va ko`nikmalarni aytib o`tish;
o`quvchilar tomonidan turli topshiriqlarning bajarilishi;
topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish va baholash;
topshiriqlarni bajarish davomida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni muhokama etish hamda tuzatish;
darsning o`quv maqsadlariga erishilganligini, ya’ni o`zlashtirilgan yangi bilim va ko`nikmalarni baholash;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
O`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsining texnologik xaritasi ham 4 bosqichdan iborat bo`lib tayyorlov, kirish, asosiy va yakuniy bosqichlardan iborat. Darsning maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, o`qituvchi dars tuzilmasi va texnologik xaritani tuzishda ijodiy yondoshishi mumkin.
O`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsining tuzilmasi va texnologik xaritasi o`quvchilarga berilayotgan o`quv axborotining samarali tashkil etishda yordam beradi. Dars jarayonida o`quvchilar taklif etilgan topshiriqlarni bajarish natijasida aniq bilim va ko`nikmalarni egallaydilar, o`quvchilar tomonidan turli topshiriqlarning bajariladi, topshiriqlar bajarilishini doimiy nazorat qilib borish va baholash, o`quvchilarni topshiriqlarni bajarish davomida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni o`zaro kichik guruhlarda muhokama etish hamda tuzatish imkoniyatlari tug`iladi. Darsning o`quv maqsadlariga erishilganligini, ya’ni o`zlashtirilgan yangi bilim va ko`nikmalarni xolisonalik bilan baholash o`quvchilarning ham darsga qiziqishlarini oshiradi.
3. Bilim va ko`nikmalarni shakllantirish darslari. Har bir dars o`quvchi uchun yangi axborotdir. Ayniqsa, yangi o`quv materiali orqali o`quvchilarni bilim va ko`nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. O`quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko`nikmalarni shaklantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o`yin mashqlari va rolli o`yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Bilim va ko`nikmalarni shakllantirish darsining tuzilmasini tayyorlashda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
dars maqsadini aniqlash;
dars davomida egallaninshi lozim bo`lgan tayanch bilim va ko`nikmalarni eslatish;
nazorat topshiriqlarini bajarish;
yangi ko`nikma bilan tanishtirish va uning o`qituvchi tomonidan namoyish qilinishi;
yangi ko`nikmani o`zlashtirish mashqlarini bajarish;
yangi ko`nikmalarni mustahkamlash mashqlarini bajarish;
namuna, algoritm, ko`rsatma (instruksiya) bo`yicha bajariladigan mashqlar;
o`xshash vaziyatlarga olib keladigan mashqlarni bajarish;
ijodiy mashqlar;
darsning o`quv maqsadlariga erishilganligini, ya’ni o`zlashtirilgan yangi bilim va ko`nikmalarni baholash;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
O`qituvchi – bu eng avvalo, dars boshqaruvchisi. O`quvchining darsda nimadir yangilik olishi va shu yangilik orqali nimadir qila olishi uning mahorati, bilimi va saviyasiga bog`liq. O`qituvchi har bir darsda dolzarb masalalarni qo`ya olishi, o`quvchilarni bahs-munozaraga chorlay bilishi, darsni oxirigacha qiziqarli tarzda olib borishi zarur. Ta’lim sifatini ta’minlovchi yana bir omil – bu faol o`quvchidir. O`quvchilarni faollashtirish uchun esa o`qituvchi darslarda faol ta’lim metodlari va elementlaridan foydalanishi yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin